
JIDUda Bourse & Bazaar Foundation vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Bourse & Bazaar Foundation vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 11-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gulnoza Ismailova va Bourse & Bazaar Foundation asoschisi va bosh ijrochi direktori Esfandyar Batmanghelidj o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida Buyuk Britaniya aql markazi bilan hamkorlik istiqbollari, jumladan qo‘shma tadqiqotlar olib borish masalasi muhokama qilindi.
Bourse & Bazaar Foundation o‘zining Markaziy Osiyodagi tashabbuslari va JIDU bilan hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan takliflarini taqdim etdi. Esfandyar Batmanghelidj asosiy yo‘nalishlar sifatida iqtisodiy diplomatiya, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energiya manbalari kabi sohalarni qayd etdi.
Bundan tashqari, uchrashuv doirasida JIDU talabalari uchun turli mavzularda, jumladan, iqtisodiy diplomatiya va sanksiyalar ta’siri bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazish muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirgan holda, ilmiy va tadqiqot sohalarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.