JIDU talabalari uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

    Joriy yilning 12-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti talabalariga “Sud ekspertizasida hal etiladigan savollar, markazda joriy etilayotgan yangi turdagi ekspertizalar, shuningdek, ularni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini olish, saqlash va taqdim etish tartibi hamda ekspertiza imkoniyatlari” mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

    Mashg‘ulotlarda Markazning Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti E. Pak, Sud-ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri E. Churyakov, Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti D. Axmedova va Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Q. Umidillayev tomonidan ma’ruzalar o‘qilib, tushuntirishlar berildi.

    Mashg‘ulotlar yakunida talabalar ekspertiza faoliyati yuzasidan berilgan savollarga to‘liq javoblar olishdi.