JIDU vakili yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etdi

JIDU vakili yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etdi

    JIDU vakili yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etdi

    JIDU vakili yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etdi

    Joriy yilning 3-4 mart kunlari Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashabbusi bilan “Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va ommaviy madaniyat” mavzusida ikki kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlar hamda ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

    Ushbu treninglardan koʻzlangan asosiy maqsad – yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targʻib etish, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash, ular oʻrtasida jinoyatchilik, zoʻravonlikka barham berishda oʻzaro tajriba almashish, taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va psixologlarning koʻnikma va malakasini oshirishdan iborat.

    Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, professor E'tibor Sultonova ham ishtirok etdi. O‘z ma’ruzasida xotin-qizlarning ta’lim jarayonidagi roli, yoshlar tarbiyasida oliy ta’lim muassasalarining mas’uliyati hamda ularning siyosiy ongi, madaniyati va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish masalalariga alohida urg‘u berdi.

    Seminar-trening doirasida yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlarni saqlash, ommaviy madaniyat ta'siriga qarshi turish, yoshlarning ma'naviy va ruhiy kamolotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, ta'lim muassasalarida xotin-qizlar bilan ishlashning yangi mexanizmlari va usullari haqida fikr almashish uchun muhokama maydonlari tashkil etildi.

    Tadbir natijalariga ko‘ra, yoshlar tarbiyasi borasida tavsiyalar ishlab chiqilishi va tegishli tashkilotlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.