JIDUda “Barqarorlikka o‘tish: atrof-muhitni muhofaza qilish va zamonaviy dunyoda «yashil» iqtisodiyot rivojlanishi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 1-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yosh olimlar ishtirokida “Barqarorlikka o‘tish: atrof-muhitni muhofaza qilish va zamonaviy dunyoda «yashil» iqtisodiyot rivojlanishi” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur anjuman Talabalar ilmiy jamiyati va JIDU Eko-klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot masalalariga bag‘ishlandi.

    Anjumanni JIDUning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odil Yusupdjanov ochib berdi. Tadbirda Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Mirzoumid Hamdamov, Talabalar ilmiy jamiyati raisi Komronbek Alisherov va “Ekoklub” koordinatori Shaxruz Gulmetovlarning kirish so‘zlari ham bo‘ldi.

    Anjuman ikki asosiy sessiyaga bo‘lingan holda, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan chiqishdi. Sessiyalar yakunida ishtirokchilar barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyotga o‘tish, ekologik siyosat va barqaror energiya manbalaridan foydalanish hamda yashil iqtisodiyotning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

    Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar “Eng yaxshi ma’ruzachi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlanib, sertifikatlar bilan taqdirlandi.

    Anjuman yosh olimlar, tadqiqotchi talabalar va mutaxassislar uchun barqaror iqtisodiyot va atrof-muhit muammolari bo‘yicha ilmiy tajriba almashish, tegishli muhokamalar o‘tkazish imkonini berdi. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalar olindi. Davra suhbati yakunlari bo‘yicha ilmiy tezislar to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan.