JIDU vakili “Bag’dod muloqoti” 7-Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    Joriy yilning 22-23-fevral kunlari Bag’dod shahrida Iroq strategik tadqiqotlar instituti tomonidan Germaniyaning “Sharq bilan hamkorlik va  amaliy tadqiqotlar” markazi (CARPO) bilan hamkorlikda “Mintaqaviy bog‘liqlik va hamkorlik” mavzusida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu tadbirda dunyoning 23 mamlakatidan, jumladan, AQSH, Shveytsariya, Fransiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Pokiston, Yaponiya, Eron, O‘mon, Bahrayn, Iordaniya kabi davlatlar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassislari va aqliy markazlar ekspertlari (100 dan ziyod kishi) ishtirok etdilar.

    Mazkur tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Til ta’limi markazi rahbari L.Xodjayev ham ishtirok etdi hamda “Mintaqaviy transport va energetika yo‘laklari”  nomli panel yig‘ilishida “Yangi O‘zbekiston siyosatida janub yo‘nalishida transport yo‘laklarini rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi.