
JIDUda “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va milliy, madaniy hamda ma’naviy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakultetining “Xon atlas”, “Xalqaro munosabatlar” fakultetining “Iftixor” va “Xalqaro huquq” fakultetining “Navodir” talaba-yoshlar jamoalari bellashishdi.
Tadbirda talabalar milliy kiyimlarni o'ziga xos tarzda taqdim etishib, she'rlar, qo'shiqlar va teatr sahnalari orqali qadriyatlarimizga bo'lgan mehr-muhabbatni ifodalashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘oliblar munosib taqdirlanib, keyingi (hududiy) boshqichda yo'llanmani qo'lga kiritishdi.