JIDU vakillari “Yangi O‘zbekiston ayollari: bugun va istiqbolda” mavzusidagi vebinarda ishtirok etishdi

JIDU vakillari “Yangi O‘zbekiston ayollari: bugun va istiqbolda” mavzusidagi vebinarda ishtirok etishdi

    JIDU vakillari “Yangi O‘zbekiston ayollari: bugun va istiqbolda” mavzusidagi vebinarda ishtirok etishdi

    JIDU vakillari “Yangi O‘zbekiston ayollari: bugun va istiqbolda” mavzusidagi vebinarda ishtirok etishdi

    Joriy yilning 21-noyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida Ozbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qomitasi, Toshkent shahar Olima ayollar uyushmasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU), Tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikdaYangi Ozbekiston ayollari: bugun va istiqbolda’’ mavzusida vebinar tashkil etildi.

    Olima ayollar mehnatini etirof etish, yosh izlanuvchilarni qollab-quvvatlash va ilm-fanga keng jalb qilish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda JIDU professor-oqituvchilari, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

    Tadbirda Oila va xotin-qizlar qomitasi raisi Ozoda Parpiboyeva soz olib, yurtimiz xotin-qizlarining jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirish, ilm-fan bilan shugullanishlari uchun ulkan imkoniyatlar yaratish ustuvor vazifa ekanligini takidladiYangi Ozbekiston ayollari nafaqat oilada, balki mamlakat hayotining turli jabhalarida ibrat bolib kelayotgani etirof etildi.

    Siyosiy fanlar doktori, JIDU Xotin-qizlar masalalari boyicha maslahat kengashi raisi, professor Etibor Sultanova qizlar tarbiyasida bilim va kasbiy kelajak olga surilishi, bilimli ayol jamiyat boyligi hamda quvvati ekanligi, shuningdek, xotin-qizlarning ilm-fan va diplomatiya sohasidagi orni va erishayotgan yutuqlari haqida alohida takidladi. U, ayniqsa, diplomatiya sohasida ayollarning faolligini oshirish, ularning xalqaro munosabatlarda ishtirokini kengaytirish hamda yetuk diplomat sifatida shakllanishiga ko‘mak berish muhimligini qayd etdi. Bundan tashqari, JIDU xotin-qizlar masalalari boyicha maslahat kengashi raisi oz ilmiy yoli, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talaba va bitiruvchi qizlari muvaffaqiyatlari haqida yosh qizlarga oz maslahatlarini, taklif va tavsiyalarini berdi.

    Vebinar doirasida bir qator taniqli olimlar dolzarb mavzularda ma'ruzalar qildilar.