2021/2022 o‘quv yili uchun qabul

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistraturasiga qabul qilish SXEMASI

Bosqichlar Sub`ektlar Chora-tadbirlar Bajarish muddatlari
I этап Abiturientlar, Universitetning qabul komissiyasi Universitetning qabul komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish har yili1 iyuldan 30 iyulga qadar
II этап Universitetning qabul komissiyasi Yozma kirish imtihonlarini o‘tkazish har yili 3 avgustdan 15 avgustga qadar
III этап O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, Universitetning qabul komissiyasi Yozma kirish imtihonlari natijalarini e’lon qilish har yili 25 avgustgacha

Universitet magistraturasi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oluvchilar uchun bir yilni, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oluvchilar uchun ikki yilni tashkil etadi.

Universitet magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bakalavriatning tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha topshiriqlarni o‘z ichiga olgan kirish yozma imtihonlar shaklida amalga oshiriladi.

Abituriyent eng ko‘p (maksimal) to‘plashi mumkin bo‘lgan ball 300 ni tashkil etadi. Ushbu ballar quyidagilardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi:

  • bakalavriat diplomi reytingining o‘rtacha balli — 55 balldan 100 ballgacha;
  • mutaxassislik fanlari bo‘yicha ballar — 0 balldan 100 ballgacha;
  • xorijiy til bo‘yicha ballar — 0 balldan 100 ballgacha.

Xorijiy tillar bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS bo‘yicha kamida 6,5 ball, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 85 ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETNE sertifikati, DALF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi bo‘yicha C1 minimal darajasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarga maksimal ball (100 ball) beriladi va ular xorijiy tillar bo‘yicha kirish imtihonlaridan ozod etiladi.

Yozma imtihon natijalari asosida kirish imtihonlarining umumiy bali aniqlanadi va tanlov qaydnomasiga kiritiladi. Tanlov qaydnomasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Davlat komissiyasiga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va Universitet magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun yuboriladi.


Barcha yoʻnalishlarda magistraturaga kirish imtihonlarini topshirish uchun ingliz tilidan topshiriqlar