Bakalavriatga qabul
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 2022/2023-o'quv yili uchun bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o’qishga kirishda dastlabki imtixonni o’tkazish tartibi to'g'risida ma'lumot
Dastlabki sinov imtihoni "Savollar kitobi" namunasini yuklab olish
Abituriyentlarning hujjatlarini O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul qilishning boshlanishi 2021-yil 15-iyundan 5-iyulgacha onlayn ariza topshirish orqali amalga oshiriladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihonni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3795-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 594-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Abituriyentlar JIDU abiturientlarini elektron ro‘yxatga olish tizimida onlayn ariza to'ldirishadi (https://admission.uwed.uz) va ro‘yxatga olish paytida talab qilinadigan hujjatlarning elektron nusxasini yuklaydi va o‘z navbatida dastlabki imtihonga yo‘llanma oladi. Ro‘yxatga olingandan so‘ng, abituriyent dastlabki imtihon sanasi va vaqti haqida ma`lumot oladi.
Dastlabki imtihon quyidagilarni belgilovchi savollarning uch blokidan iborat bo‘ladi:
1. Intellektual darajani aniqlash ( IQ test sinovlari, 40 ball):
1.1 mantiqiy va keng fikrlash darajasini aniqlash;
1.2 turli tushunchalar bilish darajasini aniqlash;
1.3 faktlarni taqqoslash hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topish darajasini aniqlash;
2. Ona tilini bilish darajasini aniqlash (O‘zbekiston madaniyati, san’ati, tarixi, geografiyasiga oid va boshqa masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobilyati - 100 so‘zdan iborat qisqacha esse, 30 ball):
2.1 Abiturient qisqa esse yozadi.
3. Xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasini aniqlash (Test, 30 ball):
3.1 Abiturient test bajaradi.
Diqqat! 2022-yilda dastlabki (ichki) imtixon JIDU hududida bo‘lib o‘tadi.
Dastlabki imtihonning maksimal ballari miqdori 100 ballni tashkil etadi.
Barcha savollar bo‘yicha umumiy 50 ball va undan yuqori ballni to‘plagan abiturientlarga JIDUga o‘qishga kirish uchun Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan bakalavriatga kirish test sinovlarini belgilangan tartibda topshirishlariga ruxsat beriladi.
Faqatgina dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan abiturientlargina Davlat test markazining abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tish portali – my.dtm.uz manziliga kirib yo‘riqnoma bo‘yicha JIDU ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoni beriladi. Shuningdek o‘zlari hohlagan turli OTMlardan JIDU ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olganda jami 5ta gacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin.
Telegram: @uwed_admission
Call-markaz telefon raqamlari:
- (+99871) 267-05-88