JIDU va Britaniyaning Glazgo universiteti akademik hamkorlikni kengaytirmoqda
JIDU va Britaniyaning Glazgo universiteti akademik hamkorlikni kengaytirmoqda
Joriy yilning 6-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Glazgo (Buyuk Britaniya) universitetining Markaziy va Janubiy Osiyodagi global hamkorlik dekani, professor Moira Boland bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida qo‘shma akademik dasturlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi va ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq va MBA sohalarida qo‘shma magistrlik dasturlarini (double degree) yaratish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.
Belgilangan rejalarni amalga oshirish maqsadida JIDU xalqaro huquq fakulteti va Glazgo universiteti huquq maktabi o‘rtasida akademik hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda JIDU va Glazgo universiteti O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sohalari yetakchilari uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini o‘tkazmoqda, akademik almashinuv loyihalarini amalga oshirmoqda va xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalari bo‘yicha tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlik qilmoqda.
Sana: | 06.06.2024 |
Ko'rganlar soni: | 1848 |
Ulashish: |