Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
- Ta'lim turi:Sinf xonasi
- Ta'lim shakli:To'liq stavka
- Davomiyligi:Uch yil
- Boshlangan sana:2022 yil sentyabr
- Ariza berishning oxirgi sanasi:2022 yil 26 yanvar
Yo'nalish haqida ma'lumot
12.00.03 – “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” mutaxassisligi bo‘yicha tayanch doktorantura institutiga kirish imtihoni dasturi talabgorlarning “Fuqarolik huquqi”, “Tadbirkorlik huquqi”, “Oila huquqi” va “Xalqaro xususiy huquq” fanlariga oid asosiy tushuncha va ko‘nikmalarini baholashga, xalqaro xususiy huquqiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, raqobatga asoslangan ochiq bozor iqtisodiyoti sharoitida kollizion bog‘lovchilarni belgilashga bo‘lgan dispozitiv yechimlarning eng samarali variantini tanlab olish hamda ilmiy asoslangan huquqiy takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston ko‘p vektorli tashqi siyosat yuritayotgan bir paytda mamlakatimizning xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham alohida ta’kidlangan. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, mutanosib, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarda “tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirish muhim o‘rin tutadi”. Bu O‘zbekiston Respublikasi huquqiy asoslarida qayd etilgan.