Amaliy siyosatshunoslik
- Ta'lim turi:Auditoriya
- Ta'lim shakli:Kunduzgi
- Davomiyligi:Bir yil
- Boshlangan sana:2-sentyabr
- Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul
Yo'nalish haqida ma'lumot
70310701 – Amaliy siyosatshunoslik – siyosiy boshqaruv amaliyoti partiyalarning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, siyosiy nizolarni hal qilish va saylov jarayonlarini o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan soha.
JIDUning ushbu yangi magistratura dasturi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida siyosiy tahlil usullari va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llay oladigan va qo’llab-quvvatlashda ishtirok eta oladigan yuqori talabga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlaydi.
O'qitish natijasida olingan nazariy bilim va amaliy kompetensiyalar bitiruvchilarga quyidagilarga imkon beradi:
- saylovoldi tashviqotini olib borish;
- siyosiy vaziyatdagi o‘zgarishlarni bashorat qilish;
- siyosiy qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
- nizolarning oldini olish va muzokaralar olib borish.
Ushbu magistratura bosqichi bitiruvchilari o‘z bilimlarini siyosiy va davlat boshqaruvi, siyosiy ekspertiza, konsalting, PR, GR, media sohalarida qo‘llashlari mumkin.
O‘quv jarayonida fakultet talabalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarida, davlat hokimiyatining turli tizimlarida (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, sudlar, Tashqi ishlar vazirligi , Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi, prokuratura va adliya organlari), turli milliy (huquqiy tuzilmalar) va transmilliy xalqaro tashkilotlar (LUKOIL, PcW) xo'jalik yurituvchi subyektlarda, shuningdek vakolatxonalarda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega.