2021-yil 21-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "COVID-19 pandemiyasi sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish imkoniyatlari va xatarlari” mavzudagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

Ushbu konferensiyani oʻtkazishdan maqsad – koronavirus pandemiyasi sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlarida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning dolzarb muammolarini koʻrib chiqish, mintaqa davlatlari sogʻliqni saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi pandemiyaga qarshi tizimli choralarni qoʻllash tajribasiga asoslangan holda inqirozni bartaraf etish va BRMni izchil amalga oshirish boʻyicha ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Konferensiyada ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, vazirliklari va idoralari vakillari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlari ekspertlari, xorijiy mamlakatlarning olimlari va tadqiqotchilari, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, izlanuvchilari, magistrantlar va talabalar qatnashishi kutilmoqda. Xorijiy ishtirokchilar va xoxlovchilar konferensiya faoliyatida Zoom platformasida onlayn tarzda xam ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya jarayonida muhokama qilinadigan yoʻnalishlar seksiyalari:

1-seksiya. BRM yoʻlida iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, qashshoqlik va tengsizlikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish. Ushbu seksiyada COVID-19 pandemiyasi va pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiy oʻsish va bandlikni taʼminlash, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga koʻmaklashish, qishloq xoʻjalikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligi, qashshoqlikni, kambagallikni va tengsizlikni bartaraf etish yoʻllari, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish, barqaror rivojlanishning ushbu sohalaridagi, shuningdek, barqaror inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va ijtimoiy siyosatni olib borishda parlament faoliyatining oʻrni kabi masalalar koʻrib chiqiladi.

 2-seksiya. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun institutsional islohotlar va samarali boshqaruv. Mazkur seksiyada qonun ustuvorligiga koʻmaklashish, barcha uchun odil sud tizimidan foydalanish boʻyicha teng imkoniyatlarni taʼminlash, boshqaruvning barcha bosqichlarida davlat organlarining samaradorligi, hisobdorligi va shaffofligini oshirish, korrupsiya, ekstremizm va poraxoʻrlik barcha shakllaridagi koʻlamlarini keskin qisqartirish sohalaridagi mavjud muammolar koʻrib chiqiladi.  Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni monitoring qilishda parlament va vakillik hokimiyatining ahamiyati oʻrganilib, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni taʼminlashda parlament faoliyatining keyingi yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

3-seksiya. Barqaror rivojlanish maqsadida xalqaro hamkorlik. Markaziy Osiyo mamlakatlarida COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini yumshatish tajribasi, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlari yoʻlida yaxlit hududiy moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish, bilim, fan, texnika va innovatsiyalar sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, zoʻravonlikning oldini olish, terrorchilik, ekstremizm va jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish ishida milliy va xalqaro darajalarda hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar koʻrib chiqiladi. 2030-yil Dasturining barqaror rivojlanish tamoyillarini taʼminlash boʻyicha parlament faoliyatining xalqaro tajribasi.

4-seksiya. COVID-19 pandemiyasi sharoitida BRM ga erishish yoʻlida mavjud tahdid va imkoniyatlar: sogʻliqni saqlash, taʼlim, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari. Ushbu seksiyada 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish Maqsadlaridan kelib chiqib sogʻliqni saqlash, taʼlim, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari oldida turgan muhim vazifalar yoritiladi, shu jumladan, ushbu sohalardagi COVID-19 pandemiyasi va boshqa favqulodda vaziyatlarda chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlikni taʼminlash, sogʻliqni saqlash  va taʼlim tizimlarining moliyalashtirishni izchil oshirish, kadrlarni tayyorlash va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarining oldini olish, xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ekotizim va biologik xilmaxillikni saqlash, tiklash va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash muammolari. Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini oldini olishda parlament faoliyatining ahamiyati oʻrganiladi.

Konferensiya masalalari muhokamasi va materiallari asosida toʻplam chop etiladi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi elektron manzil orqali konferensiya saytida roʻyxatdan oʻtish va materiallarni yuklash mumkin; manzil kursatiladi.

Ilmiy tezis va maqolalar rasmiylashtirish talablari:

Konferensiyada ishtirok etish uchun tezis yoki maqola 2021-yilning 10-mayigacha  conf21may@inno.uwed.uz elektron pochtasiga yuborilishi kerak. Ilmiy tezis va maqolalar oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida, (tezis 3 bet, maqola 6-8 betgacha) taqdim etilishi lozim.

Konferensiyaga taqdim etilgan materiallar ilmiy izlanishlar, amaliy faoliyat jarayonida olingan natijalar asosida  rasmiylashtiriladi.

Konferensiya materiallari tahrir qilinishi uchun quydagi umumiy talablarga  javob berishi kerak:

  • matn muharriri – MS Word 2003, 2007, 2010;
  • sahifa sozlamalari - A4 formatli kitob shakli, har tomondan 20 mm chegaralangan;
  • shrift - Times New Roman, hajmi (oʻchovi) - 14;
  • qatorlar oraligʻi va abzaslar orasidagi masofa - 1,5;
  • oʻng tomonning yuqori burchagida - familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va unovni, muallif(lar)ninglavozimi, tashkilot nomi, elektron pochta manzili, yangi satr, markazdan- tezis yoki maqolaning nomi (katta harflar bilan);
  • barcha jadvallar va diagrammalar MS Word redaktorida, tayyorlanadi, rasm va diagrammalar nomi ularning ostida va jadvalning nomi tepasida joylashtiriladi;
  • jadvallar, rasmlar va grafikalarda ishlatilgan maʼlumotlar uchun manbalar koʻrsatilishi kerak;
  • foydalanilgan manbalar roʻyxati alifbo tartibida tuziladi.

Taqdim etilgan materiallar antiplagiat dasturida va yuqoridagi talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ijobiy baholangan materiallar toʻplamga kiritiladi.


Maʼlumot uchun quydagi manzilga murojaat qilish mumkin: P/I: 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti B korpus 415-xona. Telefon: mob: (+99891) 192-11-77 Kushbakova Suraye.