JIDU vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentiga qabul qilindi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining vakillari, jumladan, Nizomiddinova Kamola Nodir qizi — JIDU Xalqaro munosabatlar kafedrasi kabinet mudiri va Yoshlar parlamentining Madaniyat, sport va gender tenglik masalalari komissiyasi raisi o‘rinbosari; Xoshimova Sitora Doniyorovna — JIDU talabasi va Yoshlar parlamentining ilm-fan va innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash qo‘mitasi a’zosi; Soliyev Dilshod Baxtiyor o‘g‘li esa — JIDU “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasida katta o‘qituvchi hamda Yoshlar parlamentining yoshlar huquqlari, qonunchilik va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari komissiyasining a’zosi sifatida tayinlandilar.

    Ma’lumot sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qoshidagi Yoshlar Parlamenti — bu yoshlarning manfaatlarini himoya qilish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan muhim konsultativ organ hisoblanadi. Ushbu parlament, Oliy Majlis palatalari huzurida faoliyat yuritib, yoshlar muammolarini o‘rganish, qonun loyihalarini muhokama qilish va takliflar berish, shuningdek, xotin-qizlarni ilm-fan va texnologiya sohalariga jalb etish kabi bir qator vazifalarni bajaradi.

    Yoshlar Parlamentida 100 nafar a’zo mavjud bo‘lib, ulardan 30% xotin-qizlar va 95% oliy ma’lumotlilardir. Bu tashkilot yoshlarni siyosiy jarayonlarga jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.