Abduraxmanova Mehribon Dustmuratovna

Abduraxmanova Mehribon Dustmuratovna

    Abduraxmanova Mehribon Dustmuratovna

    Abduraxmanova Mehribon Dustmuratovna

    “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudirasi

    TILLAR
    O’zbek, Ingliz, Rus.

    MUTAXASSISLIGI
    •  Filologiya
    •  O‘zbek tili va adabiyoti

    Bog‘lanish:
    E-mail: mabduraxmanova@uwed.uz

    LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Scopus, Academia, Web of Science, ORCID.

    Tarjimai hollar

    Abduraxmanova Mexribon Dustmuratovna   1993-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni imtiyozli diplom bilan  tamomlab, 1993-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining  O‘zbek tili kafedrasida  o‘qituvchi lavozimida o‘z faoliyatini boshlagan. 1999-2011 yillarda ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi, 2011-yildan O‘zbek tili kafedrasi   dotsenti, 2015-yilga qadar til ta’limi  fakulteti dekan muovini, shuningdek,   Markaziy Osiyo xalqaro institutining yetakchi ilmiy xodimi, O‘zR Prezidenti huzuridagi strategik va muntaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi lavozimlarida  faoliyat olib borgan. 

    Uning ilmiy qiziqish yo‘nalishi til ta’limi, tilni intensiv o‘qitish masalalari, ta’lim texnologiyalari, xorijiyliklarga o‘zbek tilini intensiv o‘qitish metodlari, yurislingvistika kabi masalalarni qamrab olgan. Mehribon Abduraxmanova 40dan ortiq ilmiy maqolalar, qator o‘quv qo‘llanma va darsliklar muallifi hamda hammuallifi.  Koreys, yapon, xitoy, turk va hind  talabalari uchun o‘zbek tili  boshlang‘ich intensiv kursi sifatidagi “O‘zbek tili” qo‘llanmalari,  “O‘zbek tili” o‘quv darsligi,  “O‘zbek tili. Leksika va uslubiyat ”, “Amaliy uslubiyat” qo‘llanmalari shular jumlasidandir. 

    Hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunini yosh avlodga tushuntirish borasida keng targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. 2020-yil Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni  bilan mukofotlangan. 2016-yil  “O‘zbekiston Respublika Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta'sis etilgan “O‘zbekiston Respublika Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tashakkurnoma va faxriy yorliqlari,  shuningdek,  2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-avgustdagi Farmoniga binoan   “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

    Ilmiy nashrlar