Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda dissertatsiya himoya qildi

Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda dissertatsiya himoya qildi

    Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda dissertatsiya himoya qildi

    Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi JIDUda dissertatsiya himoya qildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy kengashining 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zahangir Alamga iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi topshirildi.

    Diplomatga ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi hujjatni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev taqdim etdi.

    “Universitetimiz tarixida bu xorijiy davlat elchisi tomonidan amalga oshirilgan birinchi ilmiy ishdir. Unga diplomatiya sohasida kelgusida muvaffaqiyatlar, ilmiy-tadqiqot ishlarida yangi yutuqlar tilab qolamiz”, dedi S.Safoyev marosimda.

    Olimning ishi tijorat masalalariga, shuningdek, Bangladesh va Osiyo mamlakatlarida yuqori texnologiyali xalqaro savdoni yanada rivojlantirish va kengaytirishga bag‘ishlangan.

    Zahangir Alam ilmiy rahbari, iqtisod fanlari doktori, professor Ibragim Mavlanovga va uning ilmiy ishida hamda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishda yordam bergan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.