Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston yosh diplomatlari forumi” o‘tkazildi

    Joriy yilning 22-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston yosh diplomatlari forumi” o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbekistonning Qozog‘iston va Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor Elchilari bilan muloqot, “Protokol bilimdoni” tanlovi hamda DipZakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

    Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning yosh diplomatlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

    Tadbir yakunida forum davomida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

    Shuningdek, o‘quv yili davomida a’lo o‘qishi, namunali xulqi hamda jamoatchilik ishlarida faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 3 nafar JIDU talabalari Dilmurod Dilmurodov, Muslima Xakimova, Bekzod Beknazov Tashqi ishlar vazirligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.