Sodiq Safoyev “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi raisi Erve Morey boshchiligidagi guruh aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Joriy yilning 8-iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi raisi Erve Morey boshchiligidagi guruh aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari, shu jumladan, ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

    Suhbat avvalida E.Morrey Fransiya Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan parlament diplomatiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlashga intilayotganini taʼkidlab, O‘zbekiston Fransiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarida muhim o‘rin tutishini alohida taʼkidladi. Muloqot chog‘ida xalqaro kuzatuvchilar guruhiga muddatidan ilgari tashkil etilayotgan Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayoni batafsil tushuntirildi. Shu bilan birga, bu borada amalga oshirilgan ishlar, saylovni ochiq va adolatli tarzda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.