Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Rossiya Fan va hamkorlik markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Klassika-zo‘r” mavzusidagi lingvistik forumda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

    Joriy yilning 21-fevral kuni Rossiya Fan va hamkorlik markazi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Klassika-zo‘r” mavzusidagi lingvistik forum o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-bosqich talabalaridan tashkil topgan JIDU talabalar jamoasi ham ishtirok etishdi.

    Ushbu tanlov uch bosqichni o‘z ichiga oldi: blits savol-javob, interaktiv suhbat hamda ijodiy topshiriq. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari nafaqat badiiy asarlarni mukammal bilishlarini, shuningdek, qarorlar qabul qilishda eruditsiya va nostandart yondashuvni namoyish etdilar. JIDU talabalarining javoblari nafaqat to‘g‘riligi, balki boshqa jamoalar javoblaridan o‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.

    JIDU talabalarining ijodiy ishlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan yuqori baholanib, yakunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

    Musobaqa ishtirkochilarini tanlovdagi munosib ishtiroki bilan tabriklab, ularga keyingi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!