Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Niderlandiya Qirolligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 26-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Niderlandiya Qirolligidan ushbu mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Niko Shermers boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Elchi bilan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev uchrashdi.

    Suhbat davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar, jumladan, fan va ta’lim sohasi istiqbollarini muhokama qildilar.

    Toshkentda Niderlandiya Qirolligining diplomatik vakolatxonasini ochish rejalari haqida ma’lumot berar ekan, elchi ushbu tadbir mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlaydigan strategik qadam sifatida baholanishini ta’kidladi.

    Uchrashuv yakunida Niderlandiya delegatsiyasi a’zolari ishtirokida “Yevropa diplomatiyasi” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi. Talabalar muhokamada qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.