Siyosatshunoslik

Siyosatshunoslik

    • Ta'lim turi:Bakalavr
    • Ta'lim shakli:Kunduzgi
    • Davomiyligi:To'rt yil
    • Boshlangan sana:2023, 2-sentyabr
    • Ariza berishning oxirgi sanasi:2023, 5-iyul

    Yo'nalish haqida ma'lumot

    Siyosatshunoslik, boshqaruvni empirik va ilmiy tahlil usullarini qoʻllash orqali tizimli oʻrganish. An'anaviy tarzda ta'riflanganidek, siyosatshunoslik davlat, uning organlari va institutlarini o'rganadi. Biroq, hozirgi zamonda bu termin bundan ancha kengroq bo'lib, hukumat va siyosiy organning faoliyatiga o'zaro ta'sir ko'rsatadigan barcha ijtimoiy, madaniy va psixologik omillarni o'z ichiga oladi.

    Siyosatshunoslik (60310700) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari mutaxassislikka oid matnlarni tahlil qilish, yig‘ish, tasniflash va izohlash,  siyosiy-ijtimoiy va tarixiy manbalarni o‘rganish, asosiy chet tilida nashr qilingan muhim darsliklar, shuningdek, jahon miqyosida O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro munosabatlardagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy jarayonlarni tadqiq qilish, O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi tutgan munosib mavqeyini yanada mustahkamlash va himoya qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.

    Siyosatshunoslik o‘z predmeti doirasida jamiyat siyosiy hayotidagi o‘zgarishlarnii ilmiy asoslashga intiladi. Siyosat bevosita hokimiyat, boshqaruv sohasiga daxldor bo‘lib, davlat va jamoat ishlarini, odamlar, ijtimoiy guruhlar, xalqlar, millatlar, davlatlar o'rtasidagi munosabatlar bilan bog’liq faoliyat sohasini anglatadi. U siyosiy institutlar va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishini, siyosiy me’yorlar va an'analari, odamlaming hokimiyat-boshqaruv va tashkilotchilik faoliyatini, ijtimoiy-siyosiy manfaatlari va ehtiyojlarini, siyosiy g‘oyalari va qarashlarini o‘z ichiga oladi.

    Kurs davomida har bir bakalavr talabasi 4 yil davomida 4 ta tilni mukammal o’zlashtirish imkoniyatiga ega:

    1. O’zbek tili

    2. Rus tili

    3. Ingliz tili

    4. Xalqaro ommabop til (til markazida 14 ta til o’rgatiladi)

    Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:

    • Tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq davlat boshqaruv organlari tizimi;
    • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
    • Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
    • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo‘limlari;
    • Xalqaro tashkilotlar;
    • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

    O’zbekistonning tajribali professor-o’qituvchilaridan tashqari Yevropa, AQSh, Rossiya va Osiyo davlatlarining yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarining mutaxassislari siyosatshunoslik ta'lim yo'nalishi talabalariga dars beradilar. Bundan tashqari, taniqli siyosatchilar, iqtisodchilar, xorijiy elchilar va jamoat arboblari muntazam ravishda ma’ruzalar o’qiydilar. 

    Ushbu yo'nalish Xalqaro Munosabatlar fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Fakultet O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini jahonning siyosiy maydonida himoya qila oladigan yetuk diplomatlar, siyosatshunoslar hamda xalqaro munosabatlar sohasining turli jabhalarida ishlay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Bugungi kunda bitiruvchilarimiz elchilar va diplomatlar bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarini egallab, dunyodagi yetakchi xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalarda muvaffaqiyatli ish faoliyatini olib bormoqdalar.

    Bitiruvchilarning fikrlari

    Ruslanbek Davletov

    Ruslanbek Davletov

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

    Ayni vaqtda O‘zbekistonda bir necha huquqiy islohotlar ketmoqda. Mamlakatimizda davlat boshqaruvining yangi modeliga o‘tishda siz kabi ilmga chanqoq va izlanuvchan talabalarning moslashuvchanligi va zamonaviy bilim-ko'nikmalari juda muhim deb bilaman.

    Javlon Vakhabov

    Javlon Vakhabov

    O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

    Sizga hayotdagi eng yaxshi narsalarni tilayman. Maqsadingizga erishish uchun ko'plab imtihonlardan o'tishingiz kerak; muvaffaqiyatlar va yo'qotishlar keladi va ketadi, lekin sizning fidoyiligingiz va mehnatsevarligingiz sizni oldinga bir qadam sari etaklash uchun doimo siz bilan birga bo'ladi.