O`zbek tilida In English На русском


Bakalavriatga qabul

QABUL REJASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 maydagi “2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-2534-son qaroriga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 2016-2017 o‘quv yilida quyidagi qabul rejasi belgilandi:

Jahon iqtisodiyoti va diplomaiya universiteti bakalavriyat ta'lim yo'nalishlariga 2016/2017 o'quv yili uchun abiturientlardan tushgan arizalar to'g'risida ma'lumot

20.07.2016 yil holatiga.

Ta'lim yo'nalishlar nomi

Qabul rejasi

Tushgan arizalar soni

2016 yil  jami

%

Harbiy imtiyozga ega bo'lgan abiturientlar soni

Fan olimiada g'oliblari soni

Xorijiy fuqarolar soni

Jami

O'zbek

Rus

O'zbek

  %

Rus

 %

O'zbek

Rus

O'zbek

Rus

O'zbek

Rus

1

Jahon siyosait (mintaqalar bo'yicha)

50

33

17

306

9,3

93

5,5

399

8,0

32

4

5

4

1

3

2

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha)

100

60

40

242

4,0

199

5,0

441

4,4

22

2

2

0

1

5

3

Yurisprudensiya      (xalqaro huquqiy faoliyat)

90

54

36

330

6,1

145

4,0

475

5,3

25

6

0

0

0

3

 

Jami :

240

147

93

878

6,0

437

4,7

1315

5,5

79

12

7

4

2

11

 Jami:

91

11

13

ABITURIYENTLARGA ESLATMA

JIDUga o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida Qabul komissiyasi tashkil etilgan. Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari JIDU qabul komissiyacb tomonidan 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Abituriyent JIDU Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. Ta'lim yo'nalishi, o`qitish tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza. (arizada oliy ta'lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma'lumoti yo`qligi hamda test sinovlarini o`tkazish qoidalari va javoblar varag`ini to`g`ri to`ldirish bilan tanishganligi ko`rsatiladi);
  2. O`rta yoki o`rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  3. 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma
  4. Pasportning nusxasi.
  5. 3 X 4 sm hajmdagi 6 ta fotosurat. (fotosuratga universitet hududida maxsus tushiriladi)
  6. Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda ko‘chirma.

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko`rsatadi.

Abituriyent hujjatlarining to`liqligi tekshirilgandan so`ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi. Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to`g`risida tilxat beriladi.

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan quyidagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin: «Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish tartibi to`g`risida»gi Nizom

KO’P  BERILADIGAN  SAVOLLAR

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga talabalarni qabul qilish bo‘yicha sizni qiziqtirgan savollarga quyida javob olishingiz mumkin.

1. Savol: Universitet bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari nimadan iborat?

Javob: Universitet bakalavriatiga talabalarni qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan  "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risida" gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

2. Savol: Universitetda qanday ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar o‘qishga qabul qilinadi? 

Javob:  JIDU quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlarni o‘qishga qabul qiladi:

  • Jahon siyosati (mintaqalar bo'yicha)
  • Yurisprudensiya (Xalqaro huquqiy faoliyat)
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha)

3. Savol:  2015-2016 o‘quv yilida JIDU bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rtacha o‘tish ballari qanday bo‘ldi?

Javob:  2015-2016 o‘quv yilida jami 1297 ta hujjat topshirilgan, hamda abituriyentlardan 8 nafari Respublika olimpiadasi g‘oliblari, 82 nafari harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlardir. DTM Test sinovlari qaydnomasiga ko‘ra, qabul natijalari quyidagicha bo‘ldi:

4. Savol:  O’qishga kirish uchun qanday fanlardan test sinovlari topshiriladi?

Javob:  JIDUga o‘qishga kirish uchun quyidagi fanlardan test sinovlari topshiriladi:

Ta'lim yo'nalishi nomi

Test sinovi o'tkaziladigan fanlar majmuasi 

Ball

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha)

  Matematika

  Chet tili

  Ona tili va adabiyoti

3.1

2.1

1.1

Jahon siyosati

(mintaqalar bo'yicha)

  Tarix

  Chet tili

  Ona tili va adabiyoti

3.1

2.1

1.1

Yurisprudensiya

 (Xalqaro huquqiy faoliyat)

  Tarix

  Chet tili

  Ona tili va adabiyoti

3.1

2.1

1.1

5. Savol:  Talabalarni turar joylarga joylashtirish qay tarzda amalga oshiriladi?

Javob: Talabalarni turar joylariga joylashtirish ishlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi “Talaba(o’quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 11-sonli buyrug’i talablari asosida amalga oshiriladi. Bu borada yanada to’liq ma’lumotlarga ega bo’lish istagi bo’lgan yoshlar universitet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.

6. Savol:  Xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish qanday tartib asosida amalga oshiriladi?

Javob: Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolarning hujjatlari O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda ya’ni bakalavriatga kirish uchun 20 iyundan 20 iyulga qadar, magistraturaga kirish uchun 1 iyuldan 30 iyulga qadar qabul qilinadi. O’rnatilgan tartibga binoan xorijiy fuqarolar hujjatlarini tegishli oliy ta’lim muassasasining Qabul komissiyasiga to’g’ridan-to’g’ri topshirishlari kerak.

Xorijiy fuqarolar bakalavriatga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan har yili 1 avgust kuni o’tkaziladigan test sinovlari natijalari asosida qabul qilinadilar. Magistraturaga esa oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda tahminan 1-10 avgust oralig’ida tashkil etiladigan kirish imtihonlari natijasi asosida qabul qilinadilar.

Xorijiy fuqarolarni talabalar safiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining qarori asosida test sinovlari (bakalavriat uchun) yoki kirish imtihonlari (magistratura uchun) natijalariga ko’ra amalga oshiriladi.

7. Savol: Xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalariga qanday hujjatlar topshiradilar?

Javob: Xorijiy fuqarolarning hujjatlari OTM qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ro’yxatga asosan qabul qilinadi.

1) F.I.Sh., fuqaroligi va ta’lim yo’nalishi ko’rsatilgan rektor nomiga ariza;
2) Milliy pasport kopiyasi;
3) Xorijiy fuqaro uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasining kopiyasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo’lsa;
4) Bakalavriat uchun - xorijiy fuqaroning o’rta yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/ sertifikatning o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
Magistratura uchun - Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning (ilovasi bilan) o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
5) Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli);
6) Fotosurat (3,5x4,5) – 6 dona.

8. Savol: Xorijiy fuqarolarning o’qish uchun to’lovlari qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Xorijiy fuqarolar o’qishga faqat to’lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to’lovlarini xorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Xorijiy fuqarolar o’qish uchun to’lovlarini chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to’lov kunida belgilangan kurs asosida milliy valyutada amalga oshiradilar. Shu bilan birga xorijiy fuqarolar to’lov amalga oshirilganligi to’g’risidagi bank to’lov topshiriqnomasi yoki kvitantsiyasi bilan birga O’zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to’g’risida sertifikatni ham topshiradilar.

O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo’lgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno. Ular to’lovlarni chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to’lov kunida belgilangan kurs asosida, milliy valyutada amalga oshiriladilar. Ulardan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to’g’risidagi sertifikat talab etilmaydi.

7. Harbiy xizmatni o’taganlarga Oliy o’quv yurtlariga kirishda qanday imtiyozlar beriladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan, harbiy qismlar qo’mondonligining tavsiyanomalariga ega bo’lgan barcha fuqarolarga respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirishda to’plash mumkin bo’lgan eng ko’p ballning 27 foizi miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.

8. Oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim yo’nalishidan ikkinchi yo’nalishga ko’chirish tartibini tushuntirib bering.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida”gi nizomga muvofiq bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo’lmagan yo’nalishlari (mutaxassisliklari)ga talabalar o’qishini ko’chirish va qayta tiklash masalasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi” huzuridagi Talabalar o’qishini ko’chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiyasi qarori bilan (8-band) yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o’quv mashg’ulotlari boshlanishiga qadar (3-band) amalga oshiriladi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi  tomonidan har yili Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish va qayta tiklash haqidagi arizalarni qabul qilish va tegishli Komissiyalarga yuborilishini ta’minlash maqsadida Ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Shu sababli, farzandingiz bir yo’nalishdan ikkinchi yo’nalishga ko’chirish masalasida Vazirlikning Ishchi guruhi orqali o’rnatilgan shaklda yozgi ta’til davrida (19 maydan 5 avgustgacha) yozma ariza va reyting daftarchasi (zachyotkasi) yoki akademik ma’lumotnomasi nusxalari bilan o’zi murojaat etishi mumkin.


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar