Ta'limning yuqori sifati

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Ko'proq ma'lumot olish

Karyera shu yerda boshlanadi

Eng nufuzli ilm dargohi

Ko'proq ma'lumot olish

Talabalarni birlashtiruvchi makon

UWED Students' Council

Ko'proq ma'lumot olish

Bakalavriat

Bakalavr uchun kuzgi semestr

Batafsil

Magistratura

Bir yillik magistratura dasturi

Batafsil

«Smart universitet»

2023 yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati transformatsiya qilinadi

Batafsil
Bakalavriat

Bakalavriat

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti quyidagi sohalarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi. “Xalqaro munosabatlar” “Siyosatshunoslik” “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” “Xalqaro huquq” JIDUning bakalavriat dasturlari talabalarga globallashgan dunyoda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish uchun mo‘ljallangan. Dasturlar fakultetning tajribali professor-o‘qituvchilari jamoasi tomonidan o‘qitiladi, ularning aksariyati davlat va biznes sohasida yuqori lavozimlarni egallagan. JIDU talabalarga o‘z ta’lim sohasida amaliy tajriba orttirish uchun turli xil darsdan tashqari tadbirlar va imkoniyatlarni ham taklif etadi. JIDUdagi eng mashhur bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” dasturidir. Ushbu dastur talabalarga iqtisod, xalqaro savdo va moliya bo‘yicha mustahkam poydevor beradi. Talabalar xalqaro biznesning siyosiy va huquqiy muhiti bilan ham tanishadilar. JIDUdagi yana bir mashhur bakalavriat dasturi “Xalqaro munosabatlar” dasturidir. Ushbu dastur talabalarga xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat va diplomatiya haqida har tomonlama tushuncha beradi. Shuningdek, talabalar turli mamlakatlarning tarixi va madaniyati bilan tanishadilar. JIDU, shuningdek, siyosatshunoslik va huquqshunoslik bo‘yicha bakalavriat dasturlarini ham taklif etadi. Ushbu dasturlar talabalarni davlat, huquq, biznes va boshqa sohalarda martabaga tayyorlash uchun mo‘ljallangan. JIDUda bakalavr darajasini olishning ba’zi afzalliklari: Siz tanlagan sohada kuchli ilmiy asosga ega bo‘lish Turli xil madaniyatlar va istiqbollar bilan tanishish Dunyo bo‘ylab boshqa talabalar va mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati Amaliyot va boshqa darsdan tashqari tadbirlar orqali amaliy tajriba orttirish imkoniyati Mehnat bozorida raqobatdosh ustunlik Agar siz qiyin va foydali ta’lim tajribasini izlayotgan bo‘lsangiz, JIDU siz uchun eng ma’qul oliygoh. Jahon darajasidagi professor-o‘qituvchilari, zamonaviy jihozlari va turli xil talabalar tarkibiga ega JIDU o‘z talabalariga bugungi globallashgan dunyoda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etishga intiladi.
Batafsil

JIDU'da o'qing

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshida faoliyat yuritadi.

Bu oliy taʼlim muassasasi boʻlib, mutaxassislar va ilmiy kengashni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda quyidagi yoʻnalishlarda yuqori darajadagi fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi:

  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik;
  • Xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
  • Yurisprudensiya.
Batafsil
JIDU'da o'qing
JIDU talabalari Namangan shahridagi “Gullar festivali”ga tashrif buyurishdi

JIDU talabalari Namangan shahridagi “Gullar festivali”ga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 28-29 iyun kunlarida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarining yozgi ta’til davridagi ichki turizmni rivojlantirish yuzasidan “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasining navbatdagi tashrifi  Namangan shahridagi “Gullar festivali” va Pop tumanida amalga oshiririldi.    Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar uchun yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazishdir. Bu tashrif orqali yoshlar nafaqat mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosiga yaqinlashib, balki milliy qadriyatlarni chuqurroq anglash, ularni hurmat qilish va avloddan-avlodga yetkazish vazifasini o‘z zimmalariga olishlari ko‘zda tutilgan. Tashrif davomida talabalar Namangan shahri Gullar festivalida ishtirok etdilar, mahalliy hunarmandchilik, floristika san’ati, zamonaviy landshaft dizayni bilan yaqindan tanishdilar. Festival doirasida talabalar tomonidan ekologik madaniyat, urbanistik rivojlanish va mahalliy turizm salohiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, ular Namangan shahridagi tarixiy obidalar – Xitoyobod masjidi, Babur nomidagi istirohat bog‘i, hamda Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi teatr binosini ziyorat qildilar. Safarning ikkinchi qismida Pop tumaniga yo‘l olindi. Bu yerda talabalar tumandagi tarixiy va tabiiy obidalar, etnografik joylar bilan tanishishdi, mahalliy aholining turmush tarzi, urf-odatlari, an’anaviy mehmondo‘stligidan ilhom oldilar. Tashrif davomida xavfsizlik choralari to‘liq ta’minlandi. Talabalar harakati va faoliyati universitetning Yoshlar ishlari ofisi hamda XIM fakulteti tyutori M.Mansurov tomonidan muvofiqlashtirib borildi. Mazkur sayohat yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, milliy g‘urur va birlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi. Talabalar mahalliy an’ana va urf-odatlarni o‘rganib, milliy madaniyatga qiziqishlari ortadi, bu esa kelajakda ular milliy taraqqiyot va madaniy yuksalish jarayonlarida faol ishtirok etishlariga zamin yaratadi. Bundan tashqari, ichki turizm orqali talabalar yurtimizning go‘zal tabiati, tarixiy obidalari va madaniy maskanlarini yaqindan ko‘rish imkoniga ega bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tashrif yoshlarning shaxsiy va ijodiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularda mustaqil fikrlash va jamoaviy faoliyat ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashadi.

112
JIDUda Perujia xorijliklar universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda Perujia xorijliklar universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 26-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) Italiyadagi Perujia xorijliklar universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida universitet rektori Valerio De Cesaris, Xalqaro aloqalar bo‘yicha vakil va Italyan tili professori Letizia Cinganotto hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari doktor Valentina Seri ishtirok etdilar. Uchrashuvda JIDU tomonidan Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Umarov, Roman-german tillari kafedrasi mudiri V. Mamatkasimova hamda Xalqaro akademik hamkorlik ofisi vakillari qatnashdilar. Muhokamaning asosiy mavzusi JIDU va Perujia xorijliklar universiteti o‘rtasidagi akademik almashinuv va hamkorlikning bugungi kundagi holati va kelajakdagi istiqbollarini muhokama qilish bo‘ldi. Perujia xorijliklar universiteti rektori italiyan tili va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga doir tashabbuslarni ilgari surdi. Tomonlar akademik mobillik dasturlari, italiyalik professorlarni JIDUga jalb qilish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, italiyan tili o‘qituvchilari malakasini oshirish, masofaviy til kurslarini tashkil etish, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar uchun qishki va yozgi maktablarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishlarini tasdiqlab, akademik sherikchilikning ikki davlat o‘rtasidagi til va madaniyat sohalaridagi aloqalarini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

93
JIDUda Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish tizimi yuzasidan seminar o‘tkazildi

JIDUda Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish tizimi yuzasidan seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-yanvardagi 27-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish uchun onlayn ariza yuborish axborot tizimidan foydalanish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijroga qaratilgan normativ-huquqiy asos sifatida qabul qilindi. Mazkur reglamentda belgilangan topshiriqlar talabalarning stipendiya tanlovlarida ishtirokini raqamlashtirish, tanlov jarayonlarining shaffofligini oshirish, hamda akademik meritokratiya tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan. Buyruqning mazmunidan kelib chiqib, universitetda yuqori malakali mutasaddilar va akademik hamjamiyat vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusupdjanov boshchilik qildi. Unda “Yoshlar ishlari ofisi” mutaxassislari, “Besh muhim tashabbus” markazi xodimlari, fakultet dekanlari ishtirok etib, tanlov tizimining metodologik asoslari, uning huquqiy-me’yoriy tartibi va zamonaviy boshqaruv texnologiyalari doirasidagi ahamiyati xolisona muhokama qilindi. Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining boshlang‘ich bosqichlarini tashkil etishda shaffoflik, adolatlilik va akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya etilishi ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi. Shu bilan birga, tanlov jarayonining har bir bosqichi ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, xususan, nomzod talabalar haqidagi akademik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash masalasi muhokama markazida bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda barcha talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va reyting baholari bo‘yicha tizimli tahlil o‘tkazilgani, baholarga nisbatan kiritilgan o‘zgarishlar monitoring qilinganligi qayd etildi. Asossiz, subyektiv yoki muddatdan kechiktirib kiritilgan baho o‘zgarishlari aniqlanganda, bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlandi. Bu esa, tanlovning akademik adolatlilik prinsiplariga asoslanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, 2025–2026 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanloviga nomzodlarni tavsiya etish, ularning hujjatlar to‘plamini rasmiylashtirish va belgilangan muddatlarda vazirlikka taqdim etish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan belgilangan normativ-me’yoriy talablarga to‘liq muvofiq tarzda amalga oshirilishi shartligi qat’iy eslatib o‘tildi. Mazkur qaror asosida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish tizimi yuksak ijtimoiy mas’uliyat va akademik ob’yektivlik mezonlariga tayangan holda yo‘lga qo‘yilishi lozimligi alohida urg‘u bilan ta’kidlandi. Universitet miqyosida barcha ta'lim yo‘nalishlari va fakultetlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni aniqlash bo‘yicha bosqichma-bosqich saralash tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu jarayon talabalarning birinchi kursdan boshlab ilmiy, akademik va ijtimoiy faolligi asosida shakllantirilgan individual monitoring orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa iqtidorli yoshlarni erta aniqlash, ularning salohiyatini rivojlantirish hamda ularni yuqori darajadagi milliy stipendiya tizimiga tayyorlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, stipendiya tanlovlarining mazmun-mohiyati, konseptual asoslari, qatnashish mezonlari va ularning ijtimoiy hamda akademik rag‘batlantiruvchi jihatlari yuzasidan talabalar o‘rtasida tizimli axborot-kommunikatsion ishlar olib borilmoqda. Bu jarayon orqali stipendiyalar nafaqat moddiy qo‘llab-quvvatlash vositasi, balki yoshlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligi va akademik motivatsiyasini oshirishda muhim omil sifatida talqin etilmoqda. Iqtidorli yoshlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish, ularning fundamental va amaliy izlanishlarga yo‘naltirilgan ijodiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohadagi dolzarb muammolarga yechim bo‘la oladigan ilmiy tashabbuslarini aniqlash va targ‘ib qilish maqsadida seminar-treninglar sonini ko‘paytirish va ularning sifatini oshirish rejalashtirilmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat yoshlarning ilm-fan sohasidagi motivatsiyasini kuchaytiradi, balki ularni milliy va xalqaro ilmiy grantlar, stipendiyalar hamda loyihalarda faol ishtirok etishga tayyorlaydi. Shu bilan birga, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 27-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan reglament talablari asosida yaratilgan elektron axborot tizimi — Stipendiya tanlovlariga ariza topshirish platformasi haqida ham seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Platformaning texnik va funksional imkoniyatlari, hujjat yuklash jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tipik xatolar va ularning oldini olish mexanizmlari muhokama qilindi. Talabalarga ushbu tizimdan foydalanishda aniqlik, mas’uliyat va akademik halollik prinsiplariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusupdjanov tomonidan stipendiyalarga nomzodlarni ko‘rsatish bo‘yicha universitetning ichki saralash komissiyasi faoliyati muhimligiga e’tibor qaratildi. Komissiya tomonidan talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyati chuqur o‘rganilishi, har bir nomzodning akademik erishuvlari, tadqiqot yo‘nalishi va ijtimoiy faolligi asosida xolisona tahlil qilinishi lozimligi qayd etildi. Shunga ko‘ra, eng munosib nomzodlarning hujjatlari rasmiylashtirilib, test sinovlariga tavsiya etish jarayonlarini sifatli va adolatli amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

233

Bizning hamkorlarimiz

https://mgimo.ru/
https://www.undp.org/
https://www.berkeley.edu/
https://www.unibe.ch/index_eng.html
https://www.ox.ac.uk/
https://pennstatelaw.psu.edu/
https://www.wto.org/
https://www.columbia.edu/
https://www.gla.ac.uk/
https://www.wti.org/