Universitetda talabalarning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda universitetda zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Unga uchta ochiq sport maydoni, yopiq basseyn, sport zali, tennis va trenajer zali, sheyping mashg‘ulotlari uchun zal kiradi. Shuningdek, universitetda go‘zallik saloni, oshxona tibbiyot bo‘limi ham mavjud. Universitet talabalar turar joyida talabalarning yashashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun kafedralarda hamda Yoshlar ittifoqi qoshida bir qancha klublar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, universitetda turli sport to‘garaklari ham majud bo‘lib, unda ikki ming atrofidagi talaba sportning aykido, ushu, voleybol, mini-futbol, basketbol, boks, suzish, katta va stol tennisi, shaxmat, shashka turlari bilan shug‘ullanishmoqda.

Yangilangan sana: 06.10.2017