Magistraturaga qabul
Результаты тестовых испытаний для поступления в магистратуру (2017)
2017-2018- o‘quv yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura mutaxassisliklariga kirish sinovlari bo‘yicha o‘tkaziladigan konsultatsiyalar jadvali.
№ |
Kirish sinovi turi |
Sanasi va vaqti |
Mutaxassislik nomi |
Auditoriya |
Ma’sullar |
---|---|---|---|---|---|
1 |
Chet tili |
03.08.2017 y. Soat:10.00 - 11.00 |
Barcha mutaxassisliklar uchun |
Faollar zali |
G.Tabak; Ye.Borisova; G.Qobilova. |
04.08.2017 y. Soat: 10.00-11.00 |
|||||
2 |
Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti |
03.08.2016 y. Soat: 11.00-12.00 |
Barcha mutaxassisliklar uchun |
Faollar zali |
R.Farmonov; R.Tursunova; I.Shamsieva. |
04.08.2016 y. Soat: 11.00-12.00 |
|||||
3 |
Ilmiy va ilmiy pedagogik ishlarga qobiliyatini aniqlash bo‘yicha |
05.08.2017 y. Soat: 10.00-11.00 |
Barcha mutaxassisliklar uchun |
Faollar zali |
M.Baxadirov; A.Mo‘minov; Sh.Sharifxadjaev; A.Bo‘riev. |
4 |
Maxsus fanlardan sinov |
05.08.2017 y. Soat: 11.00-12.00 |
5A120701 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat |
Faollar zali |
M.Baxadirov; U.Xasanov; N.Tulyaganova. |
5 |
Maxsus fanlardan sinov |
07.08.2017 y. Soat: 10.00-11.00 |
5A231101 Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo‘yicha) |
Faollar zali |
Sh.Sharifxadjaev; G.Karimova; R.Djuraeva. |
08.08.2017 y. Soat: 10.00-11.00 |
|||||
6 |
Maxsus fanlardan sinov |
07.08.2017 y. Soat: 11.00-12.00 |
5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat) |
Faollar zali |
Sh.Sharifxadjaev; G.Karimova; R.Djuraeva.. |
08.08.2017 y. Soat: 11.00-12.00 |
|||||
7 |
Maxsus fanlardan sinov |
08.08.2017 y. Soat: 10.00-12.00 |
5A240105 Xalqaro huquq (xalqaro ommaviy huquq) |
“A” bino 29a – aud. |
A.Mo‘minov; X.Yunusov; F.Xamdamova. |
8 |
Maxsus fanlardan sinov |
08.08.2017 y. Soat: 10.00-12.00 |
5A240106 Diplomatik va konsullik huquqi |
“A” bino 29 – aud. |
I.Xamedov; S.Murataev; G.Yuldasheva. |
2016-2017-O`QUV YILI UCHUN JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI QUYIDAGI MUTAXASSISLIKLAR BO’YICHA MAGISTRATURA DASTURLARINI TAVSIYA ETADI:
- 5A120701 “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat”;
- 5A240105 “Xalqaro huquq (Xalqaro ommaviy huquq)”;
- 5A240106 “Diplomatik va konsulik huquqi”;
- 5A231101 “Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo’yicha)”;
- 5A231102 “Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat)”.
Magistratura talabalari mutaxassisliklar kesimida zamonaviy xalqaro tajribalar asosida tayyorlangan maxsus fanlar bo’yicha tahsil oladilar:
5A120701 - “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat”: “Xalqaro tizimlarda O’zbekiston manfaatlari”, “Iqtisodiy va energetik diplomatiya”, “Nizolarni hal etish asoslari”, “Global rivojlanish va xalqaro tizimlarning siyosiy muammolari”, “Xalqaro munosabatlar tizimida buyuk davlatlar raqobati”;
5A240105 - “Xalqaro huquq (Xalqaro ommaviy huquq)”: “Xalqaro shartnomalar huquqi” “Xalqaro xavfsizlik huquqi”, “Xalqaro tashkilotlar huquqi”, “Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq”, “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari”;
5A240106 - “Diplomatik va konsullik huquqi”: “Diplomatik huquq” “Konsulik huquqi” “Iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik” “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari” “Xalqaro shartnomalar huquqi”;
5A231101 - “Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo’yicha)”: “Jahon mintaqalari iqtisodiyoti”, “Innovatsion iqtisodiyot”, “Erkin Iqtisodiy hududlar”, “Iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik”, “Global iqtisodiyot”;
5A231102 - “Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat): “Innovatsion iqtisodiyot”, “Investitsion risklar”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi, tahlili va auditi”, “Xalqaro savdo” kabi mutaxassislik fanlari o`tiladi.
Magistratura talabalari uchun mutaxassisliklar kesimida tanlov fanlariga ham e`tibor berilgan.
Ushbu yuqoridagi mutaxassisliklar kasbiy faoliyat sohalariga, Davlat boshqaruv organlarining barcha jabhalarida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tizimida, sud-huquq tizimida, diplomatik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralarida, respublika advokatlar palatasida, maslahat va investitsiya kompaniyalari; bank tizimida, korporatsiyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari; sug‘urta tashkilotlari va moliya bozorlarida, xalqaro, hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarida, tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida va oliy ta’lim muassasalarida ishlashlari mumkin.
- Diplomli mutaxassis malakasiga ega bo’lgan shaxslar muvofiq bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashadi;
- Turdosh ta’lim yo’nalishlari ro’yxati bitiruvchilarga nisbatan tuzilgan. Magistratura mutaxassisliklari amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirilib, inobatga olinadi hamda O`zbekiston Respublikasi OO`MTV tomonidan tavsiya qilinadi;
- Respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari yoki filiallari bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tanlovda qatnashadi.
2016-2017-o`quv yilida magistrlar tayyorlash bo`yicha qabul ko`rsatkichlarining mutaxassisliklar va o`qitish tillari bo`yicha taqsimlanishi quyidagicha:
№ |
SHIFR |
MUTAXASSISLIKLAR |
JAMI |
DAVLAT GRANTI ASOSIDA |
TO`LOV-KONTRAKT ASOSIDA |
||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jami |
Shu jumladan: |
Jami |
Shu jumladan: |
||||||
O`zbek |
Rus |
O`zbek |
Rus |
||||||
|
OTM bo`yicha jami: |
37 |
4 |
3 |
1 |
33 |
20 |
13 |
|
|
Shu jumladan mutaxassisliklar bo`yicha: |
|
|
|
|
|
|
|
|
1. |
5А120701 |
Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat |
10 |
1 |
1 |
|
9 |
5 |
4 |
2. |
5А231101 |
Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo`yicha) |
6 |
|
|
|
6 |
4 |
2 |
3. |
5А231102 |
Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat turlari bo`yicha) |
12 |
1 |
1 |
|
11 |
7 |
4 |
4. |
5А240105 |
Xalqaro huquq (sohalar bo`yicha) |
5 |
|
|
|
5 |
3 |
2 |
5. |
5А240106 |
Diplomatik va konsullik huquqi |
4 |
2 |
1 |
1 |
2 |
1 |
1 |
ABITURIYENTLARGA ESLATMA
Magistraturaga kirishda abituriyentlar JIDU qabul komissiyasi tomonidan 1 iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo’lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Magistratura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
- Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
- Chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo’lgan holda);
- 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- 086-У — shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar passport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko’rsatadilar.
KIRISH SINOVLARI
Magistratura mutaxassisliklariga kirish sinovlari (maxsus yozma ish yoki test sinovlari) 03-15 avgust kunlari o’tkaziladi.
Magistratura mutaxassisliklariga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
- Mutaxassislik fanlari – 0 balldan 100 ballgacha;
- Magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos Savollar asosida yozma taqdimot – 0 balldan 50 ballgacha;
- Informatika va axborot- texnologiyalari fani bo`yicha sinov – 0 balldan 50 ballgacha;
- Chet tili (ingliz, nemis, fransuz) bo’yicha sinov – 0 balldan 50 ballgacha;
- Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari – 0 balldan 50 ballgacha;
- Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o’zlashtirish ko’rsatkichi - 55 balldan 100 ballgacha bo’lgan diapazonda aniqlanadi.
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 58 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida B2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball quyiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Magistraturaga o’qishga kirishda eng ko’p (maksimal) to’planishi mumkin bo’lgan ball — 400 ni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo’nalishiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.
JIDU magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari bo'yicha dasturlar kirish imtihonlaridan bir oy oldin abituriyentlar e`tiboriga havola etiladi
XORIJIY FUQAROLARNI JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA QABUL QILISH TARTIBI - Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish va o`qitish tartibini takomillashtirish to`g`risidagi» 169-sonli Qaroriga binoan amalga oshiriladi hamda hujjatlar joriy yilning 1 iyul kunidan 30 iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
Magistraturaga kirishda xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- F.I.SH., fuqaroligi, va Magistratura mutaxassisligi ko`rsatilgan holda rektor nomiga ariza;
- Milliy passport (kopiyasi qabul komissiyasiga topshiriladi);
- O`zbekistonda yashash guvohnoma nusxasi;
- Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi va unga ilova hamda ushbu hujjatning (ilovasi bilan) o`zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
- 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- 086-У — shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
O`rnatilgan tartibda magistraturaga hujjat topshirgan xorijiy fuqarolarning ro`yxati ekspertizadan o`tkaziladi. Xorijiy fuqarolarni o`qishga qabul qilinishi OTM tomonidan o`tkaziladigan kirish imtihonlari natijalari va Davlat komissiyasining tegishli qarori asosida amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolar o`qishga faqat to`lov-kontrakt asosida qabul qilinadi hamda chet el valyutasu ekvivalentida to`lov-kontrakt summasini to`lashadi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistraturasiga kirish sinovlarini o‘tkazish shakli va abiturientlarning bilimini
BAHOLASh MEZONLARI
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistratura mutaxassisliklariga kirish sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-2955-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2-ilova “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
- Magistraturaga kiruvchilar kirish sinovlarini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘zbek va rus tillarida topshiradilar.
- 2017-2018 o‘quv yilida JIDU magistraturasiga kirish imtihon-sinovlari yozma ish va kompyuterda yozma taqdimot shaklida amalga oshiriladi.
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistraturasiga kirish sinovlari umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
- Magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bo‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fandan yozma ish sinovlari o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi). Mutaxassislik fani bo‘yicha abiturientga 2 ta (nazariy va amaliy) savol beriladi. Mutaxassislik fani bo‘yicha har bir savolga to‘g‘ri javob uchun 50 balldan beriladi. Savollarga javob berish uchun 1 soat vaqt ajratiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha bilimlarini baholash uchun abiturientga mutaxassislik mavzusi dorasida belgilangan talablar bo‘yicha kompyuterda taqdimot qilish vazifasi beriladi. Abiturientga ushbu topshiriqni bajarish uchun bir soat vaqt ajratiladi hamda baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi.
- Chet tili (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha sinov to‘rt bosqichda Reading, Writing, Listening va Test (Grammar Vocabulary) shaklida o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi) hamda ballar teng taqsimlanadi. Abiturientga chet tili sinovini topshirish uchun 2 soat vaqt ajratiladi.
- Xalqaro (TOEFL bo‘yicha kamida 58 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5 ball, TestDaf (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida B2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etsa, chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovini topshirishdan ozod etiladi;
- “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari” fani bo‘yicha sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi). Ushbu fandan abiturientga ikkita yozma tarzda savol beriladi. “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyot asoslari” fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 25 (yigirma besh) ball beriladi. 2 ta savolga javob berish uchun 1 soat vaqt ajratiladi.
- Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (o‘zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bo‘lgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
- magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida tayyorlangan biletlarga abiturient tomonidan kompyuterda ilmiy ish rejasi yozma shaklda (taqdimot ko‘rinishida) tayyorlanadi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil qiladi). Abiturientning ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) ko‘rib chiqilib, sinov natijalarini baholashda inobatga olinadi.
- Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball – 400 ni tashkil etadi. Abiturient bilimining umumiy reytingi bakalavr diplomining o‘rtacha reytingi ballari miqdori hamda kirish sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan reyting ballari yig‘indisi orqali aniqlanadi.
Magistraturaga mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA KIRUVChILARNING KIRISH SINOVLARINI
BAHOLASH MEZONI
Magistraturaga kiruvchilarning bilim darajasini aniqlash maqsadida kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar doirasida mutaxassislikka mos savollar asosida tayyorlangan savollarga abiturient tomonidan yozma va kompyuterda taqdimot qilish shaklida javob beriladi hamda baholash mezoni har bir kirish sinovi uchun alohida belgilanadi.
Umumiy baho kuyidagi foizlar hisobida taqsimlanadi:
86% - 100% - “a’lo”;
71% - 85% - “yaxshi”;
55% - 71% - “qoniqarli”;
0% - 54% - “qoniqarsiz”.
UMUMIY MEZONLAR:
Ball |
Talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim |
---|---|
86%-100% |
|
71%-85% |
|
55%-70% |
|
0%-54% |
|
Magistraturaga kirish imtihon sinovlari o‘tkaziladigan maxsus fanlar ro‘yxati
№ |
Mutaxassislik shifri va nomi |
Maxsus fanlar nomi |
---|---|---|
1. |
5A120701 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat |
Xalqaro munosabatlar nazariyasi; |
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati |
||
2. |
5A231101 Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo‘yicha) |
Jahon iqtisodiyoti; |
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. |
||
3. |
5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat) |
Xalqaro valyuta kredit munosabatlari |
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar; |
||
4. |
5A240105 Xalqaro huquq (xalqaro ommaviy huquq) |
Xalqaro ommaviy huquq; |
Inson huquqlari. |
||
5. |
5A240106 Diplomatik va konsullik huquqi |
Xalqaro ommaviy huquq; |
Diplomatik va konsullik huquqi; |
MAGISTRATURAGA KIRISH IMTIHON SINOVLARI SANASI
№ |
Mutaxassislik nomi |
Kirish sinovi turi |
Imtixon o‘tkaziladigan sanasi va vaqti |
Imtixon o‘tkaziladigan joy |
---|---|---|---|---|
1. |
Barcha mutaxassisliklar uchun |
Maxsus fanlardan yozma ish
|
10.08.2017 Soat 8.00-10.00 |
“A” bino faollar zali |
2. |
Barcha mutaxassisliklar uchun |
Chet tili (ingliz, tili) |
10.08.2017 Soat 11.00-13.00 |
“A” bino Axborot resurs markazi |
Chet tili (nemis tili) |
10.08.2017 Soat 13.00-15.00 |
|||
Chet tili (fransuz tili) |
10.08.2017 Soat 13.00-15.00 |
|||
3. |
Barcha mutaxassisliklar uchun |
Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari fani |
11.08.2017 08.00-10.00 |
“A” bino faollar zali |
4. |
5A120701 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat |
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha |
11.08.2017 Soat 11.00-13.00 |
“A” bino Axborot resurs markazi |
5A240105 Xalqaro huquq (xalqaro ommaviy huquq) |
||||
5A240106 Diplomatik va konsullik huquqi |
||||
5A231101 Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo‘yicha) |
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha |
11.08.2017 Soat 14.00-16.00 |
“A” bino Axborot resurs markazi |
|
5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat) |
||||
5. |
5A120701 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat |
Ilmiy va ilmiy pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash
|
11.08.2017 Soat 11.00-13.00 |
“A” bino Axborot resurs markazi |
5A240105 Xalqaro huquq (xalqaro ommaviy huquq) |
||||
5A240106 Diplomatik va konsullik huquqi |
||||
5A231101 Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo‘yicha) |
Ilmiy va ilmiy pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash
|
11.08.2017 Soat 14.00-16.00 |
“A” bino Axborot resurs markazi |
|
5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat) |
||||
6. |
Magistratura mutaxassisliklariga kirish sinovi natijalarini e’lon qilish |
12.08.2017 yil |
E’lonlar doskasida |
Yangilangan sana: 12.08.2017