O`zbek tilida In English На русском


Rahbariyat

Rektor

Djumanov Abdumalik Abduvaxobovich

1970-yil 4-martda Toshkent  shahrida tug‘ilgan.

1987-1988 yy. -  Toshkent politexnika instituti talabasi

1988-1989 yy. – Harbiy xizmat

1989-1993 yy. -  Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

1993-1996 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti aspiranti

1996-1998 yy. -  Toshkent davlat texnika universiteti assistenti

1998-2001 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti biznes boshqaruvi fakulteti dekani o‘rinbosari, dotsent,

2001-2002 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi

2001-2002 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti Marketing kaderasi mudiri

2002-2004 yy. - Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining ilmiy bo’lim mudiri, katta o’qituvchi

2004-2010 yy. - Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti dekani

2010-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezident Devoni qoshidagi davlat konsultativ xizmatining ilmiy-texnik taraqqiyoti, ilm-fan, sog’liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo’yicha guruhining bosh konsultanti

2011-2015 yy. - Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti rektori

2015 yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori

Xizmat vazifalari

  • O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi qarorlarining amalga oshirilishini tashkil etadi;
  • Universitet va uning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo'linmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantiradi;
  • Universitet istiqbolli rejasini tayyorlaydi va boshqaradi. 

 

O`quv ishlari bo`yicha prorektor

Sheraliyev Oybek Rixsillayevich

Шералиев Ойбек Рихсиллаевич

1982-yil 31-martda Toshkent shahrida tug’ilgan.

1998-2002 yy. -  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti  talabasi

2002-2004 yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistri

2004-2006 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti aspiranti

2007-2008 yy. - “PR TREXGORKA” yopiq aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog’ozlar bo’yicha mutaxassisi, marketing bo’yicha menejer.

2006-2010 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil tadqiqotchi

2010-2010 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi

2010-2012 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xalqaro bo’lim boshlig’ining vazifasini bajaruvchisi (o’rindoshlik asosida ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi)

2012-2014 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani (o’rindoshlik asosida ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi)

2014 - yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektor

Xizmat vazifalari

  • O`quv-uslubiy kengashga rahbarlik qiladi;
  • O`quv jarayonini ta'minlaydigan bo`limlar va dekanatlar ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • Ta'lim jarayonlarini tashkil etadi va boshqaradi. 

 

Ilmiy ishlar bo`yicha prorektor

Nugmanov Nugman Abdullayevich

Нугманов Нугман Абдуллаевич

1976-yil 10-mayda Toshkent shahrida tug’ilgan.

1993-1997 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi

1997-2002 yy. -  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy qonunchilik kafedrasi o’qituvchisi 

2002-2004 yy. – O’zbekiston Milliy universiteti magistri 

2004-2009 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy qonunchilik kafedrasi  katta o’qituvchisi 

2009-2011 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YUNESKOning xalqaro huquq va  inson huquqlari kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi

2011-2014 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YUNESKOning xalqaro huquq va  inson huquqlari kafedrasi dotsenti

2014 yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

Xizmat vazifalari

  • O`quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini ta’minlashga rahbarlikni amalga oshiradi;
  • Barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o`tkazish monitoringini amalga oshiradi.

 

Ma'naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo`yicha prorektor

Xoshimov Valijon Norbotayevich

Хошимов Валижон Норботаевич

1970-yil 7-iyul Toshkent viloyati Pskent tumanida tug’ilgan.

1988-1993 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti talabasi

1992-1995 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi

1995-1999 yy. - Xalqaro va strategik tadqiqotlar instituti xodimi

1999-2006 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti  Fuqorolik huquqi kafedrasi dotsenti, o’qituvchi

2006-2010 yy. - O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi  2-kotibi, bo’lim boshlig’i 

2010-2013 yy. - O’zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi 1- kotibi

2013-2015 yy. - O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi  bo’lim boshlig’i 

2015-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ma’naviy-axloqiy va tarbiya ishlari bo’yicha prorektor

Xizmat vazifalari

  • Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarning yo'nalishlari muvofiqlashtiradi;
  • Yuksak ma'naviy-axloqiy, mustaqil fikrlashga qodir bo'lgan oliy ma'lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlaydi.

 

 

Moliya-iqtisodiyot ishlari bo`yicha prorektor

Irmatov Afzal Xikmatillayevich

1978-yil 6-noyabrda Toshkent shahrida tug’ilgan.

1997-2001 yy. – O’zbekiston Milliy universiteti talabasi

2001-2003 yy. - O’zbekiston Milliy universiteti magistranti

2004-2006 yy. - O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoshidagi Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha Toshkent mintaqaviy byurosi katta mutaxasisi

2006-2007 yy. - O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari

2006-2007 yy. - O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Fuqarolarni chet elda yollash va ishga joylashtirish bo'limi boshlig’i o’ribosari

2007-2009 yy. - O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Fuqarolarni chet elda yollash va ishga joylashtirish bo'limi boshlig’i

2009-2013 yy. - O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari

2013-2014 yy. - O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi "O'zbekekspertiza" ochiq aktsiyadorlik jamiyati eksperti

2014-2014 yy. - Toshkent viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi  Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo boshqarmasi boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchi

2015-2015 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ishlar boshlig’i

2015 yildan  - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti  Moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor

Xizmat vazifalari

  • Ta'lim muassasasi moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
  • Universitet byudjeti mablag`laridan oqilona foydalanishni tashkil etadi va ta'minlaydi.

« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar