Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalar turar joyi(TTJ) 1992-yil universitet va universitet qoshidagi litsey talabalarini turar joy bilan ta`minlash maqsadida tashkil qilingan. Mazkur talabalar turar joyi 2 ta binodan iborat bo`lib, 800 o`ringa mo`ljallangan. Hozirda TTJda 530 ta talaba iste`qomat qiladi. Shundan 125 tasi litsey talabalari, 405 tasi esa universitet talabalari hisoblanadi.

Talabalar turar joyi ma`muriyati universitetning “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi, Murabbiylar kengashi, Xotin-qizlar Kengashi, «Kamolot» YoIH, TTJ “Talabalar Kengashi” va dekanatlar bilan hamkorlikda quyidagi vazifalarni bajaradi: 

  • Talabalar turar joyida ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lgan, muhim tarixiy sanalar va bayram shodiyonalariga bag`ishlab o'tkaziladigan, talabalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan hamda sport-sog`lomlashtirish ishlariga oid tadbirlarni tashkil qilish;
  • Talabalarning o'z-o'zini boshqarish tizimini tashkil qilish
  • Talabalar turar joyining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati bo'yicha TTJ rahbari, fakultet dekanlari va murabbiylar ishtirokida umumiy yig`ilish o'tkazish;
  • 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv o'tkazish. Ularni TTJ qoidalari bilan tanishtish;
  • Talabalar turar joyida joriy etilgan «Me'yoriy hujjatlar»ga amal qilinishini ta'minlash bo'yicha yig`ilishlar o'tkazish.
  • TTJ da «Pasport tizimi» qonun-qoidalariga  amal qilinishini ta'minlash va u bo'yicha tushuntirish ishlari olib boorish;
  • Yangi o'quv yili uchun murabbiylar tarkibini ko'rib chiqish va ish rejalarini tasdiqlash.
  • Talabalar turar joyidagi «Dam olish xonalar»ini kerakli materiallar bilan jihozlash;
  • TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar tomonidan Ichki-tartib qoidalariga rioya etilishini ta`minlash va nazorat qilish

Tel:  (371) 267-05-68