O`zbek tilida In English На русском


Doktorantura

Universitetda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil-izlanuvchilarni tayyorlash quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • 07.00.08 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi;
  • 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti;
  • 12.00.10 – Xalqaro huquq.

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida uchta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlariga fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  • talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi;
  • etakchi olimlardan birining uni ilmiy konsultant sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
  • Kirish imtihonlari O’zbekiston tarixi; Fanning bilish nazariyasi va metodologiyasi hamda falsafa, fan metodologiyasi; Chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til bo‘yicha) va Mutaxassislik fanlaridan iborat.

Mustaqil izlanuvchi:

 Talab qilinadigan hujjatlar:

  • ariza;
  • ish joyidan tavsifnoma;
  • ma’lumotnoma;
  • oliy ta’lim yoki fan nomzodi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • talabgorning ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatga layoqati yuzasidan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi;
  • ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.

Doktoranturada o‘qish shakli – kunduzgi. O’qish muddati – uch yil.

Doktoranturaga hujjatlar qabuli 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha, kirish imtihonlari  1-20 dekabrda o‘tkaziladi.

 


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar