O`zbek tilida In English На русском


Akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi
Shayxontohur akademik litseyi

1. Akademik litseyning tashkil etilishi

Akademik litseyiAkademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 1999 yil 10 avgustdagi 240-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Akademik litsey ustavi 1999 yil 10 sentyabrda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan va 1998 yil 10 oktyabrda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatida 2070 - raqam bilan ro‘yxatga olingan. Ta’lim muassasining rahbari Saidov G‘ulom Odinayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 02.01.2014 yildagi buyrug‘iga asosan direktor etib tayinlangan. Litseyda 73 ta asosiy shtatda o‘qituvchi ishlaydi, 10 nafar o‘qituvchilar o‘rindosh sifatida o‘quv jarayoniga jalb etilgan, akademik litseyda 6 ta fan nomzodi ishlaydi.

2. Ta’lim yo‘nalishlari

Akademik litseyda o‘quvchilar aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida ta’lim olishadi.

Anik fanlar yo‘nalishi

Bu yo‘nalish o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilarni tanlov asosida o‘qishga qabul qiladi. Aniq fanlar yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan o‘quvchilar akademik litseyning tugallaganlaridan so‘ng matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirib, xalkaro iqtisodiy munosabatlar, o‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik, tashqi iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyot, statistika iqtisodiyotda axborot tizimi, moliya va kredit, iqtisodchi-pedagog, menejment, sug‘urta ishi bo‘lgan va matematika , xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan.

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi

Ushbu yo‘nalishga o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan, tarix, ingliz tili, ona tili xamda adabiyot va informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilar o‘qishga tanlov asosida qabul qilinadi. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan o‘quvchilar akademik litseyni tugatgandan keyin tarix, xorijiy til, ona tili va adabiyoti fanlaridan test sinovlarini topshirib yurisprudensiya, huquqshunos-pedagog, falsafa, falsafa va mantik, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya, kutubxonashunoslik mutaxassisliklari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlariga kirishlari mumkin.

Xorijiy tillar yo‘nalishi

Bu yo‘nalishga o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan, tarix, ingliz tili, ona tili xamda adabiyot va informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilar o‘qishga tanlov asosida qabul qilinadi. Bu yo‘nalishda taxsil oluvchi talabalar ingliz, nemis va fransuz tillarini asosiy fan sifatida o‘rganishadi. Litsey Germaniya Federativ Respublikasining xamkor maktabi xisoblanadi. Yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan o‘quvchilar akademik litseyni bitirgandan keyin xorijiy til, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirib, xalkaro munosabatlar tarixi, sharkshunoslik, dinshunoslik, xorijiy til mutaxassisliklari bilan bog‘lik oliy o‘quv yurtlariga kirishlari mumkin.

3. To‘garaklar

Litseyda tashkil etilgan to‘garaklar umumiy soni- 40 ta, jalb etilgan o‘quvchilar soni-635 nafar;shulardan:umumta’lim fanlar-36ta,jalb etilgan o‘quvchilar soni-561 nafar,sport seksiyalari-3 ta,jalb etilgan o‘quvchilar soni-44 nafar,”Orasta qizlar” to‘garagi-1ta,jalb etilgan o‘quvchilar soni- 30 nafar.Umumiy o‘quvchilar soni-860 nafarga nisbatan -73,8 % ni tashkil etadi.

Chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlari bo‘yicha litseyda 36 ta fan to‘garaklari tashkil etilgan hamda ularga 423 nafar o‘quvchi qamrab olingan.

4. Yutuqlar

Bugungi kunda akademik litseyda 1253 nafar o‘quvchi 3 yo‘nalish – aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar, xorijiy tillar bo‘yicha ta’lim olmoqda.

Akademik litsey bitiruvchilarining bilim darajasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari DTM ma’lumotlariga ko‘ra Respublikada yuqori o‘rinlarda hisoblanadi .

Akademik litsey bitiruvchilari Respublikamizning eng nufuzli o‘quv yurtlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot univetsiteti, Toshkent Moliya instituti, Sharqshunoslik instituti, Jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Xalqro Vestminster universiteti, Gubkin nomidani Moskva neft va gaz instituti, Turin politexnika universiteti, Singapur menenjmentni rivojlantirish instituti va boshqa bir qancha oliy dargohlarda taxsil olishmoqda. Akademik litsey bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlaridagi natijalari monitoringi olib borilmoqda. 2011 o‘quv yilida akademik litseyning 75% bitiruvchilari yuqoridagi nufuzli o‘quv yurtlarining talabalari bo‘ldilar. 2012 yilda bu ko‘rsatgich 72% ni, 2013 yilda esa 68% ni, 2014 yilda esa 62% ni tashkil etmoqda.

Fan olimpiadasi g‘oliblari

Akademik litsey o‘quvchilari fan olimpiadalarining faol ishtirokchilari sanaladi. 2013-2014 o‘quv yilidagi muvaffaqiyatlarni e’tirof etadigan bo‘lsak, olimpiadaning shahar bosqichida 15 nafar o‘quvchi ishtirok etdi, shulardan 3 nafari sovrinli o‘rinlarni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Respublika bosqichida esa Toshpo‘latov Sherzod tarix fanidan faxrli 1-o‘rinni egallab, oliy ta’limda o‘qish uchun imtiyozni qo‘lga kiritdi.

2014-2015 o‘quv yili Respublika fan olimpiadasining III-shahar bosqichida litseydan 14 nafar o‘quvchi qatnashib, 9 ta sovrinli o‘rin yegallandi. Jumladan, 2-bosqich orasida Allambergenova Sitora Maratbay qizi rus tili (o‘zbek guruhlarda) fanidan I-o‘rin, Kolushev Askar Timurovich rus tili (rus guruhlarda) II-o‘rin, Rustambekov Abbosbek Javlonbek o‘g‘li ingliz tili fanidan III-o‘rin, Bobojonova Latofat Tursunboy qizi matematika fanidan III-o‘rin, Abduqodirov Shohruhbek Oybek o‘g‘li tarix fanidan II-o‘rinni egalladilar. 3-bosqichlar orasida III-shahar bosqichida Baxtiyarova Xadicha Zohidjon qizi rus tili (o‘zbek guruhlarda) fanidan I-o‘rin, Xakimova Sevara Muxiddin qizi nemis tili fanidan II-o‘rin, Zayniddinova Mohira Xusan qizi fransuz tili fanidan I-o‘rin, Mirzayev Akmal Qadamovich tarix fanidan II-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yullanma oldilar. Fan olimpiadasining IV Respublika bosqichida Zayniddinova Mohira Xusan qizi fransuz tili fanidan I-o‘rinni egallab, imtiyozli ravishda talaba degan nomga sazovor bo‘ldi

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari

2015 yil mart oyida “Prezident asarlari bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovida Mirzaboyev Azimjon Shahar bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2015 yil mart oyida “Siz qonunni bilasizmi?”ko‘rik-tanlovida litseydan “Adolat” jamoasi ishtirok etib Tumanda1- o‘rinni, Shaharda 2-o‘rinni egalladilar. 2015 yil aprelda “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, Men “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini qanday tushundim mavzusi ostida insholar tanlovi o‘tkazildi. Akademik litseyda Oliy o‘rinni egallagan AF2-14 guruhi o‘quvchisi Baxromova Munisa Shahar bosqichida 87-ball bilan faxrli 3-o‘rinni egalladi. 2015 aprel oyida akademik litsey o‘quvchilari 2015 yil 18 aprelda “Navro‘z va qadriyatlar” ko‘rik tanlovining shahar bosqichida akademik litseyning IG1-13 guruh o‘quvchisi Davlatova Saodat ishtirok etib fahrli 3- o‘rinni egalladi. Xf3-12 guruhi o‘quvchisi Imomaliyeva Dildorxon “Zulfiya”mukofotining “She’riyat” yo‘nalishida tuman bosqichida ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va shahar bosqichiga yo‘llanma oldi. Af1-13 guruhi o‘quvchisi G‘oziyeva Muzayana “Zulfiya”mukofotining “Nasr va nazm” yo‘nalashida tuman bosqichida ishtirok etib faxrli 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi va shahar bosqichiga yo‘llanma oldi.

Sport musobaqasi g‘oliblari

“Kamolot kubogi” futbol musobaqasining tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Shahar bosqichida faxrli 1-ni egalladilar. Diplom va kubog bilan taqdirlandilar. 2015 yil 30-31 may kunlari Mirzayev Jaxongir sportning Taekvon-do yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichida 60 kg. vaznda faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2015 yil Aprel oyida Valiyev Shahzod sportning Taekvon-do yo‘nalishi bo‘yicha JAR ochiq chempionati MASSAGO bahslarida 90 kg. vaznda faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2015 yil aprel oyida “Kamolot kubogi” sport musobaqasida tuman bosqichida 1-o‘rinni egallab, shahar bosqichiga yo‘llanma oldi va shaharda chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. 2015 yil 18 martda akademik litseyda Gimnastrada musobaqasining Shayxontohur bosqichida o‘quvchilarimiz jamoa sifatida faxrli 1-o‘rinni egallab, shahar bosqichiga yo‘llanma oldi va shaharda 2-o‘rinni egalladilar. 2014 yil 28 martda “Shunqorlar”harbiy sport musobaqasida o‘quvchilarimiz jamoa sifatida ishtirok etib tumanda faxrli 1-o‘rinni egallab, 2014 yil 15 aprelda shahar bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladilar. 2015 yil Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasida faol qatnashib tumanda 3- o‘rinni egalladilar. 2015 yil 20 fevralda akademik litseyda “Kamolot shaxmat taxtasi” turniri litsey bosqichida Ostanaqulov Faxriddin 1-o‘rinni egallab, tuman bosqichida faxrli1-o‘rinni egallab, shahar bosqichiga yo‘llanma oldi.

Akademik litseyda jami fan olimpiadasi g‘oliblari soni-15 nafar, shundan respublika g‘oliblari-3nafar, shahar g‘oliblari-12 nafar, ko‘rik-tanlov g‘oliblari soni 4-nafar, sprot musobaqalari g‘oliblari soni 40 nafar. Akademik litseyda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalarida ko‘plab qitidorli o‘quvchilarimiz faol ishtirok etib, diplom va faxriy yorliqlar, estalik sovg‘alari bilan taqdirlanganlar.

5. Xalqaro aloqalar va konkurslar

Bugungi kunda akademik litsey Germaniyaning GYoTE instituti bilan yaqin aloqavlar bog‘lagan. Litsey bu institut bilan 2008 yildan beri Germaniyaning dunyo bo‘yicha “1000 hamkor maktablar dasturi”da ishtirok etib kelmoqda. Litseyda o‘quvchilar ingliz tili, fransuz tili bilan birgalikda nemis tilini ham o‘rganmoqdalar. Natijada GYoTE instituti 2009 yildan beri o‘quvchilar o‘rtasida saralash insho tanlovlari o‘takazib, har yili 4-5 nafar g‘olib o‘quvchilarni Germaniyaning Frayburg, Drezden shaharlariga 1 oylik malaka oshirish kurslariga yubormoqda. Bugungi kunga qadar 20 nafar o‘quvchi Germaniyada malaka oshirib qaytdi. Shu bilan birga o‘qituvchilardan Murodova Mohira 3 marotaba, Xafizov G‘ayrat 2 marotaba, Pashkovskaya Yekatirena 2 marta Germaniyada malaka oshirib kelishdi. GETE instituti 2008 yildan beri litseyni ilmiy ommabop jurnallar va darsliklar bilan ta’minlab kelmoqda va bu asosda o‘quvchilarga darslar o‘tiladi. Akademik litsey nemis tili xonasi GETE instituti tomonidan O‘zbekistonda anologi (tengi yo‘q) jihojlar bilan ta’minlagan. GETE instituti doimiy ravishda litsey o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularda seminarlar, ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar, sport o‘yinlari tashkil etib boradi. Hamkor maktablar o‘rtasida 2010 yilda Samarqand shahrida futbol bo‘yicha xalqaro musoboqani misol qilish mumkin. Bunda litsey jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchi va o‘qituvchilari Xalqaro va Respublika miqyosida tashkil etilayotgan tanlovlarda faol qatnashib kelishmoqda. Jumladan, AKSELS tashkiloti tomonidan e’lon qilingan tanlovlarning aksariyatida litsey o‘quvchi va o‘qituvchilari qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

Akademik litsey o‘qituvchilari turli xalqaro grantlarda faol qatnashib kelmoqdalar. Masalan: 2011 yilda Yaponiyaning O‘zbekistondagi ta’lim, fan, madaniyat, sport va texnologiyalar (MONBUKAGAKUSYo) vakolatxonasi tomonidan e’lon qilingan Yaponiyada 2 yillik malaka oshirishga litseyning ingliz tili o‘qituvchisi Kulinayeva Anna g‘olib bo‘lib, Yaponiyaning Miyagi pedogogik Universitetida malaka oshirgan. 2012 yilda xuddi shunday tanlovda akademik litseyning yana 2 nafar ingliz tili o‘qituvchilari Bakiyev Habibullo va Sobirova Durdonalar qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar va Yaponiyaning Miyagi universitetida malaka oshirib qaytdilar. Bugungi kunda Ermonov Davron va To‘rayev Begzodlar Yaponiya shahrida malaka oshirmoqdalar.

6. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, qarorlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi qarorlari yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tuzilib,ularning ijrosi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Prezident asarlari, Milliy istiqlol g‘oyasi, Ma’naviyat asoslari fanlari va maxsus kurslar guruhlarda jadval asosida o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2015 yil 25 mart 26-sonli buyruq, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. AF2-13 guruxi o‘quvchisi Bahromova Munisa “Keksalarni e’zozlash yili dasturini qanday tushunaman?” mavzusida o‘tkazilgan insholar ko‘rik-tanlovining shahar boskichida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Litseyda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 3 apreldagi 40-sonli majlis bayonining “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” asosida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va dasturning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Kamolot” YoIH Markaziy kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida ishtirok etib 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, shahar bosqichida faol ishtirok etib, 4-o‘rinni oldi, “Kamolot” YoIH Markaziy kengashi tomonidan “Faxriy yorlik” bilan takdirlandi. 7 nafar ishtirokchilar “Eng topqir jamoa”nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va “Kamolot” YoIH Markaziy kengashitomonidan “Faxriy yorliq” bilan takdirlandi. IG1-13 guruhi o‘quvchisi Davlatova Saodat “Navro‘z va qadriyatlar” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida “Eng zukko talaba”nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi. 


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar