Xalqaro munosabatlar sohasida diplomatik, boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash, ular malakasini oshirish tizimining samaradorligini tubdan oshirish, mamlakatning tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatini ilmiy-metodologik va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3795-sonli qarori asosida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida Diplomatiya Oliy maktabi tashkil etildi.

Ushbu qarorga asosan ODMning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • shartnoma asosida qisqa yoki uzoq muddatli oʻquv kurslarini oʻtkazish orqali Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklari xodimlarini, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb etilgan boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat tashkilotlari hamda nodavlat tashkilotlar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • respublikaning tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishga jalb etilgan xodimlar xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquq va huquqiy siyosat, jahon tarixi va madaniyati, shu jumladan tashrif buyurishi mumkin boʻlgan mamlakatlar tarixi va madaniyati sohasida chuqur va har tomonlama bilimlarga, muzokaralar yuritish, har qanday sharoitda puxta oʻylangan va pragmatik qarorlar qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi, davlat va chet tillarini yuksak darajada egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • JIDUning taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha doimiy amal qiladigan kurslarni tashkil etish.

Shuningdek, ushbu qarorda Oliy maktab JIDUning taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida biznes-maʼmuriyatchiligi yillik dasturlari (MVA) doirasida magistrlar tayyorlashni amalga oshirishi belgilab qoʻyilgan.

Qarorga binoan Oliy maktabda quyidagi toifadagi xodimlar majburiy tartibda har uch yilda bir marta qayta tayyorlanadilar va malaka oshiradilar:

  • Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklari, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maʼmuriy-boshqaruv xodimlari — uch yilda bir marta;
  • tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida vazifalarni bajarish bilan bogʻliq rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaxiraga olingan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa ixtisoslashtirilgan davlat muassasalari xodimlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari hamda xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston uchun ajratilgan kvotalariga diplomatik va maʼmuriy-texnik lavozimlarga tayinlanadigan xodimlar, shu jumladan, ularning turmush oʻrtoqlari;
  • xalqaro munosabatlar hamda siyosiy fanlar, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro ommaviy hamda xususiy huquq, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari — uch yilda bir marta.

Oliy maktabda oʻqitish, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan har yili tasdiqlanadigan reja va dasturlarga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Oliy maktab tijorat asosida nodavlat tashkilotlari uchun ixtisoslashtirilgan oʻquv kurslarini oʻtkazish huquqi ega.

Odiy maktabda maʼruza va amaliy kurslarni JIDUning professorsko-oʻqituvchilari olib boradi, xamda xalqaro munosabatlar, davlatning ichki va tashqi siysati masalalari boʻyicha yetaksi amaliy mutaxssislari olib boradi.