O`zbek tilida In English На русском


Xalqaro huquq

Universitetda “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, Xalqaro huquq, Xalqaro munosabatlar ixtisosliklari bo‘yicha ta'lim jarayoni 1993 yilning 1 fevralidan boshlandi. 1996 yili "Xalqaro xuquqiy munosabatlar" yo‘nalishi bo‘yicha “Xalqaro huquq” fakulteti tashkil etildi. Fakul'tetda 2002 yildan boshlab «Yurisprudensiya (xalqaro-huquqiy faoliyat)» bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi.

5240100-Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) – ijtimoiy soha, iqtisod va huquq bilim sohasidagi ta'lim yo‘nalishi bo‘lib, u yurisprudensiya sohasida nazariy bilimlarni shakllantirish, tizimli tahlil etish, huquq ijodkorligi faoliyati, xususan, qonun loyihalari, qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa yuridik va diplomatik xarakterga  hujjatlarni tayyorlash haqidagi bilimlar, xalqaro huquq sub'yektlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarni tartibga soladigan davlatning ichki qonunchiligi, xalqaro-huquqiy norma va tamoyillar bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy va ilmiy tadqiqot faoliyat, xalqaro huquqiy va savdo-iqtisodiy aloqalar sohasidagi qiyosiy huquqshunoslik, huquq normalarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, diplomatik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ishlab chiqarish, xo‘jalik va tijorat korxonalari, moliya-bank hamda boshqa muassasalarning yuridik xizmatidagi kasbiy faoliyatida qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatini o‘z ichiga oladi.

5240100 – Yurisprudensiya (Xalqaro huquqiy faoliyat) ta'lim yo‘nalishining kasbiy faoliyat ob'yektlari yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalar, faktlar, harakatlar; davlat hokimiyati institutlarining amal qilish sohasida paydo bo‘luvchi huquqiy munosabatlar; davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar; davlatlar, davlatlar va halqaro tashkilotlar, davlatlar va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro xalqaro huquqiy munosabatlar hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalish talabalarda xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash, tashqi siyosat masalalarga doir milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, muayyan masalalar bo‘yicha qarorlar chiqarishda xalqaro huquq normalarini izlash va ularni qo‘llay olish, hozirgi zamon xalqaro munosabatlari sohalarida yuzaga kelgan muammolarni tahlil etish, hal eta olish, huquqiy xulosa va maslahatlar bera olish, davlat organlari, xalqaro va xususiy tuzilmalarda xalqaro huquq bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni mustaqil bajara olish, xalqaro tijorat arbitrajida davlat manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro shartnomalar va konvensiyalarning ijrosini yuridik ta'minlash shuningdek, jahon miqyosida O‘zbekiston Respublikasining obro‘-e'tibori, tutgan mavqyeini mustahkamlash va manfaatlarini huquqiy himoya qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Qayerda va kim sifatida ishlash mumkin?

Mazkur yo‘nalish doirasida mamlakatimizning diplomatik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, xalqaro hukumatlararo  va nohukumat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza etuvchi organlar tizimi, moliya-bank va soliq organlarida hamda tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun bakalavr  mutaxassislarni tayyorlashni ko‘zda tutiladi.

Kasbiy faoliyat va ta'limni davom ettirish imkoniyatlari

Bakalavr tayanch oliy ma'lumotini olgandan so‘ng turdosh ta'lim yo‘nalishlarining magistraturada mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta'lim muassasalari quyidagi magistratura dasturlarida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

            5A240105 – Xalqaro huquq (Xalqaro ommaviy huquq)

            5A240106–  Diplomatik va konsullik huquqi

Hozirgi kunda  fakultetda YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi,  «Davlat qurilishi va huquq» kafedrasi,  «Fuqarolik huquqi» kafedrasi, «Xalqaro huquq mutaxassisligi bo‘yicha Ingliz tili» kafedralari faoliyat olib boradi.


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar