Bakalavriatga qabul
Результаты вступительного экзамена можно узнать по следующей ссылке на сайте Государственного центра тестирования: http://results2018.dtm.uz.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Уважаемые абитуриенты!
Информацию о дате, времени и месте проведения вступительного экзамена Вы можете узнать здесь - http://testday.dtm.uz, для чего потребуется ввести серию и номер паспорта (вида на жительство) и проверочный код.
Каждому абитуриенту необходимо индивидуально уточнить дату, время и место проведения вступительного экзамена на сайте Государственного центра тестирования http://testday.dtm.uz, т.к. информация о дате, времени и месте проведения вступительного экзамена ИНДИВИДУАЛЬНА ДЛЯ КАЖДОГО АБИТУРИЕНТА.
Пропуск на экзамен будет выдаваться абитуриенту непосредственно на месте сдачи вступительного экзамена.
Dastlabki sinov imtihoni "Savollar kitobi" namunasini yuklab olish (UZB)
Скачать образец "Книги вопросов для поступающих в УМЭД" (RUS)
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga dastlabki sinov imtihoni yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan kunlari va vaqti:
№ |
Ta’lim yo’nalishlari |
Imtihon o’tkaziladigan joyi |
Imtihon o’tkaziladigan kuni |
Imtihon o’tkaziladigan vaqti |
---|---|---|---|---|
1 |
Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti |
8 iyul 2018 yil |
Ro’yxatdan o’tkazish 07:00 dan 07:50 gacha Imtihon boshlanish vaqti soat 08:00 |
2 |
Jahon siyosati (mintaqalar bo’yicha) |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti |
9 iyul 2018 yil |
Dastalabki sinov imtihoniga O`ZBEK tilida topshiruvchilar uchun ro`yxatdan o`tkazish 07:00 dan 07:50 gacha Dastalabki sinov imtihoniga RUS tilida topshiruvchilar uchun ro`yxatdan o`tkazish 10:00 dan 10:50 gacha |
3 |
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti |
9 iyul 2018 yil |
Ro’yxatdan o’tkazish 07:00 dan 07:50 gacha Imtihon boshlanish vaqti soat 08:00 |
Dastlabki sinov imtihonini topshirishda abituriyent o’zi bilan faqat passport olib kelishi shart.
Uyali telefon, aloqa vositalari, mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitob va shpargalkalarni olib kirish ta’qiqlanadi.
Abituriyentlar imtihon uchun barcha zaruriy ashyolar bilan ta’minlanadilar.
267-05-84 Call center
QABUL REJASI
Shifr | Ta’lim yo’nalishlari | Jami | 2018/2019 o‘quv yili kvotasi | |
---|---|---|---|---|
Jumladan: | ||||
Davlat granti asosida | To’lov-kontrakt asosida | |||
150 | 30 | 120 | ||
5120700 | Jahon siyosati (mintaqalar bo’yicha) | 30 | 6 | 24 |
5233500 | Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) | 75 | 15 | 60 |
5240100 | Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) | 45 | 9 | 36 |
2018/2019 o`quv yilida bakalavriati bo`yicha abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma`lumot
Shifr | Ta’lim yo’nalishlari | Jami | ||
---|---|---|---|---|
Jumladan: | ||||
o`zb | rus | |||
643 | 380 | 263 | ||
5120700 | Jahon siyosati (mintaqalar bo’yicha) | 110 | 64 | 46 |
5233500 | Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) | 380 | 217 | 163 |
5240100 | Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) | 153 | 99 | 54 |
ABITURIYENTLARGA ESLATMA!
JIDUga o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida Qabul komissiyasi tashkil etilgan. Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari JIDU qabul komissiyasi tomonidan 15 iyundan 5 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Abituriyent JIDU Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- Ta'lim yo'nalishi, o`qitish tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza. (arizada oliy ta'lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma'lumoti yo`qligi hamda test sinovlarini o`tkazish qoidalari va javoblar varag`ini to`g`ri to`ldirish bilan tanishganligi ko`rsatiladi);
- O`rta yoki o`rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
- Pasportning nusxasi;
- 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat. (fotosuratga universitet hududida maxsus tushiriladi);
- Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda ko‘chirma.
Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko`rsatadi.
Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 4-iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.
Abituriyent hujjatlarining to`liqligi tekshirilgandan so`ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.
Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi. Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to`g`risida tilxat beriladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori 1-ilovasi - "Oliy ta'lim muassalarninig bakalavriyatiga qabul qilish tartibi to`g`risida"gi Nizomi (to`liq matni)
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA
QO‘SHIMCHA KONTRAKT NARXLARI TASDIQLANDI!!
2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 393-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorda bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilangan.
Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqdangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilishni tashkil etish
SXEMASI
1 bosqich |
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda abituriyentlar O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan tasdiqlangan kvota doirasida talabalikka tavsiya qilinadi. |
25 avgusta qadar |
2 bosqich |
To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar belgilangan tartibda shartnoma mablag‘ini to‘laydi. |
15 sentyabrga qadar |
3 bosqich |
Davlat komissiyasi tasdiqlangan kvota doirasida to‘lov-kontrakt shartlarining bajarilishini muvofiqlashtiradi. |
16-30 sentyabr |
4 bosqich |
1) To‘plagan ballari o‘rnatilgan kvota doirasidagi qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan va to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan, qo‘shimcha oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ariza beradi. 2) To‘plagan ballari o‘rnatilgan kvota doirasidagi qabul chegaralariga 4 balldan ortiq yetmagan va to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan, birinchi o‘quv yiliga o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ariza beradi. |
1-10 oktyabr |
5 bosqich |
Oliy ta’lim muassasasi qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilish haqidagi takliflarini bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Davlat komissiyasiga taqdim etadi. |
10-15 oktyabr |
6 bosqich |
Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalarining takliflari asosida oshirilgan to‘lov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi. |
15-20 oktyabr |
7 bosqich |
Oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyent to‘lov-kontrakt shartlarini to‘liq bajargandan so‘ng oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug'i bilan o‘qishga qabul qilinadi. |
20-30 oktyabr |
8 bosqich |
Oliy ta’lim muassasasi qo‘shimcha oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlar haqidagi ma’lumotni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markaziga taqdim etadi. |
1 noyabr |
O‘qish uchun to‘lov tartibi va miqdori.
Bunda, birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori ta’lim yo'nalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi. Oshirilgan kontrakt bir marta to‘lanadi.
Respublika oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida o‘qishni davom ettiradilar.
KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga talabalarni qabul qilish bo‘yicha sizni qiziqtirgan savollarga quyida javob olishingiz mumkin.
1. Savol: Universitet bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari nimadan iborat?
Javob: Universitet bakalavriatiga talabalarni qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risida" gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
2. Savol: Universitetda qanday ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar o‘qishga qabul qilinadi?
Javob: JIDU quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlarni o‘qishga qabul qiladi:
- Jahon siyosati (mintaqalar bo'yicha)
- Yurisprudensiya (Xalqaro huquqiy faoliyat)
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha)
3. Savol: 2017-2018 o‘quv yilida JIDU bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rtacha o‘tish ballari qanday bo‘ldi?
Javob: 2017-2018 o‘quv yilida jami 1427 ta hujjat topshirilgan, hamda abituriyentlardan 7 nafari Respublika olimpiadasi g‘oliblari, 86 nafari harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlardir. DTM Test sinovlari qaydnomasiga ko‘ra, qabul natijalari quyidagicha bo‘ldi:
Ta`lim tili - o`zbekcha
№ | Ta’lim yo‘nalishi | Qabul rejasi | Abituriyentlar soni | Tanlov | O‘tish bali | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shifri | Nomi | Davlat granti | To‘lov shartnoma | Davlat granti | To‘lov shartnoma | |||
1 | 5120700 | Jahon siyosati (mintaqalar bo`yicha) | 3 | 27 | 249 | 8.3 | 0.0 | 169.1 |
2 | 5233500 | Jahon iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo`yicha) | 3 | 77 | 304 | 3.8 | 261.3 | 154.9 |
3 | 5240100 | Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) | 3 | 51 | 402 | 7.4 | 281.7 | 194.1 |
Ta`lim tili - ruscha
№ | Ta’lim yo‘nalishi | Qabul rejasi | Abituriyentlar soni | Tanlov | O‘tish bali | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shifri | Nomi | Davlat granti | To‘lov shartnoma | Davlat granti | To‘lov shartnoma | |||
1 | 5120700 | Jahon siyosati (mintaqalar bo`yicha) | 2 | 18 | 116 | 5.8 | 0.0 | 153.9 |
2 | 5233500 | Jahon iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo`yicha) | 2 | 38 | 228 | 5.7 | 205.2 | 166.0 |
3 | 5240100 | Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) | 2 | 34 | 128 | 3.6 | 247.9 | 165.3 |
4. Savol: O’qishga kirish uchun qanday fanlardan test sinovlari topshiriladi?
Javob: JIDUga o‘qishga kirish uchun quyidagi fanlardan test sinovlari topshiriladi:
Ta'lim yo'nalishi nomi |
Test sinovi o'tkaziladigan fanlar majmuasi |
Ball |
Jahon iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) |
Matematika |
3.1 |
Chet tili | 2.1 | |
Ona tili va adabiyoti | 1.1 | |
Jahon siyosati (mintaqalar bo'yicha) |
Tarix |
3.1 |
Chet tili | 2.1 | |
Ona tili va adabiyoti | 1.1 | |
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) |
Tarix |
3.1 |
Chet tili | 2.1 | |
Ona tili va adabiyoti | 1.1 |
5. Savol: Talabalarni turar joylarga joylashtirish qay tarzda amalga oshiriladi?
Javob: Talabalarni turar joylariga joylashtirish ishlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi “Talaba(o’quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 11-sonli buyrug’i talablari asosida amalga oshiriladi. Bu borada yanada to’liq ma’lumotlarga ega bo’lish istagi bo’lgan yoshlar universitet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.
6. Savol: Xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish qanday tartib asosida amalga oshiriladi?
Javob: Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolarning hujjatlari O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda ya’ni bakalavriatga kirish uchun 15 iyundan 15 iyulga qadar, magistraturaga kirish uchun 1 iyuldan 30 iyulga qadar qabul qilinadi. O’rnatilgan tartibga binoan xorijiy fuqarolar hujjatlarini tegishli oliy ta’lim muassasasining Qabul komissiyasiga to’g’ridan-to’g’ri topshirishlari kerak.
Xorijiy fuqarolar bakalavriatga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan har yili 1 avgust kuni o’tkaziladigan test sinovlari natijalari asosida qabul qilinadilar. Magistraturaga esa oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda tahminan 3-15 avgust oralig’ida tashkil etiladigan kirish imtihonlari natijasi asosida qabul qilinadilar.
Xorijiy fuqarolarni talabalar safiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining qarori asosida test sinovlari (bakalavriat uchun) yoki kirish imtihonlari (magistratura uchun) natijalariga ko’ra amalga oshiriladi.
7. Savol: Xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalariga qanday hujjatlar topshiradilar?
Javob: Xorijiy fuqarolarning hujjatlari OTM qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ro’yxatga asosan qabul qilinadi.
- F.I.Sh., fuqaroligi va ta’lim yo’nalishi ko’rsatilgan rektor nomiga ariza;
- Milliy pasport kopiyasi;
- Xorijiy fuqaro uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasining kopiyasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo’lsa;
- Bakalavriat uchun - xorijiy fuqaroning o’rta yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/ sertifikatning o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
- Magistratura uchun - Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning (ilovasi bilan) o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
- Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli);
- Fotosurat (3,5 x 4,5) – 6 dona.
8. Savol: Xorijiy fuqarolarning o’qish uchun to’lovlari qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: Xorijiy fuqarolar o’qishga faqat to’lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to’lovlarini xorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Xorijiy fuqarolar o’qish uchun to’lovlarini chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to’lov kunida belgilangan kurs asosida milliy valyutada amalga oshiradilar. Shu bilan birga xorijiy fuqarolar to’lov amalga oshirilganligi to’g’risidagi bank to’lov topshiriqnomasi yoki kvitantsiyasi bilan birga O’zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to’g’risida sertifikatni ham topshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo’lgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno. Ular to’lovlarni chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to’lov kunida belgilangan kurs asosida, milliy valyutada amalga oshiriladilar. Ulardan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to’g’risidagi sertifikat talab etilmaydi.
9. Harbiy xizmatni o’taganlarga Oliy o’quv yurtlariga kirishda qanday imtiyozlar beriladi?
Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2012 yil 31 maydagi ПҚ-1765-son qaroriga asosan 2017-2018 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan, harbiy qismlar qo’mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo’lgan fuqarolar barcha yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalariga ko’ra to’plagan ballarining 50 foizi miqdorida (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi ПҚ-2867-sonli qarori asosida o’zgartirishlar kiritilgan) qo’shimcha ball shakldagi imtiyozga ega bo’ladilar. (http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=2018331)
10. Qo‘shimcha kontrakt natijalari qachon aniq bo‘ladi?
“Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalari o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 4-ilovasiga ko‘ra, Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga kadar Davlat komissiyasiga kiritiladi;
Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridai kelib chiqib, oshirilgan to‘lov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qo‘shimcha kabul qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan 20 oktyabrga qadar qaror qabul qiladi.
11. Qo‘shimcha kontraktda o‘qishni xoxlaganlar qachon ariza berish kerak?
“Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalari o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 4-ilovasiga ko‘ra, Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak. Ballar ketma ketligi bo‘yicha ro‘yxatdagi oldingi abituriyent qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e’lon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda ro‘yxatdagi keyingi abituriyent qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.
12. Kirish baliga necha ball yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qiy oladi?
Qo‘shimcha qabulga abituriyentlar 2 xil kategoriya bo‘yicha qabul qilinadi:
- To‘plagan balli qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar;
- 68 balldan ko‘p to‘plagan barcha abituriyentlar.
Bular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
Eng avvalo ular to‘laydigan oshirilgan kontrakt narxida keskin farq bo‘ladi. Bundan tashqari to‘plagan balli qabul chegarasiga 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlarda kvotaga tushish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.
13. Oshirilgan kontraktning narxi qancha?
“Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalari o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 4-ilovasiga ko‘ra, Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1-toifa
To‘plagan ballari tasdiqlangai to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
- 1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
- 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
- 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.
2-toifa
Kirish sinovlarida to‘plagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga (4 ballik hudud) qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lov to‘lash sharti bilan o‘qishga qabul qilinadi.
Bunda, qaysi OTMda oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori qancha bo‘lishini ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi belgilaydi.
14. Oshirilgan kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?
Bir marta to‘lanadi. Qo‘shimcha qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida o‘qishini davom ettiradilar.
15. Oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim yo’nalishidan ikkinchi yo’nalishga ko’chirish tartibini tushuntirib bering.
Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida”gi nizomga muvofiq bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo’lmagan yo’nalishlari (mutaxassisliklari)ga talabalar o’qishini ko’chirish va qayta tiklash masalasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi” huzuridagi Talabalar o’qishini ko’chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiyasi qarori bilan (8-band) yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o’quv mashg’ulotlari boshlanishiga qadar (3-band) amalga oshiriladi.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan har yili Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish va qayta tiklash haqidagi arizalarni qabul qilish va tegishli Komissiyalarga yuborilishini ta’minlash maqsadida Ishchi guruhlar tashkil etiladi.
16. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o’qishini ko’chirish (keyingi o’rinlarda Talabalar o’qishini ko’chirish deb ataladi) bo’yicha arizalarni topshirish va ko’rib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:
O’qishni ko’chirish bo’yicha arizalarni taqdim etish – har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi;
Arizalarni oliy ta’lim muassasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya tomonidan ko’rib chiqib, qaror qabul qilish – har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar amalga oshiriladi.
Talabalar o’qishini ko’chirish uzrli sabablarga ko’ra (bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko’chib o’tganda, turmush o’rtog’i yoki ota-onasi harbiy xizmat o’tash joyini o’gartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o’rtog’i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda o’quv mashg’ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:
O’qishni ko’chirish bo’yicha ariza topshirish – har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;
O’qishni ko’chirish bo’yicha arizani ko’rib chiqib, qaror qabul qilish – har yili 25 yanvaridan 15 fevraliga qadar amalga oshiriladi.
17. Talabalarning o’qishini ko’chirish haqidagi arizalari mos ravishda:
Ushbu Nizoming 6-bandida ko’rsatilgan holatlar yuzasidan – oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga topshiriladi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko’rsatilgan holatlar yuzasidan – Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlariga topshiriladi;
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar o’qishini ko’chirish haqida arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Idoralararo komissiyaga va vazirliklar (idoralar)ga qaror qabul qilish uchun yo’llaydi.
18. O’qishni ko’chirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- Ko’chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo’nalishi (mutaxassisligi), o’quv tili va shakli ko’rsatilgan holdagi ariza (ariza o’qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo’nalishi(mutaxassisligi), ko’chirish(qayta tiklash) sabablari, ko’chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko’rsatiladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
- pasportning nusxasi.