20.09.2022 166

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun universitetning “B” o‘quv binosi foyesida joylashgan bufetni ijaraga berish bo’yicha tender e’lon qiladi
Obyekt xarakteristikasi:
Ovqatlanish joyi (xonasi) 1 ta (54 m.kv.), xizmat ko‘rstish joyi 1 ta (13 m.kv.), 1 ta tayyorlash xonasidan (13 m.kv.) iborat. Universitet xodimlari soni 400 nafardan, talabalar soni 1500 nafardan ortiqni tashkil qiladi.

Talablar:
1. O‘zbekiston Respublikasining umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchiligi talablariga rioya etish;
2. Kuniga kamida 100 kishiga xizmat ko‘rsatish;
3. Bufetda tez tayyor bo‘luvchi turli buffet taomlari, shirinliklar, non mahsulotlari, choy, kofe, sharbatlar, turli gazlangan va gazlanmagan ichimliklar bilan savdoni tashkil etish;
4. Talabga ko‘ra kofe-breyk va banketlar tashkil etish.
5. Ijaraga olingan obyektlar uchun elektroenergiya, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv ta’minoti, chiqindilarni olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha universitet bilan shartnomalar tuzish;
6. Ijara obyektlarini sanitariya me’yorlari va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq toza va ozoda saqlash, Dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya ishlarini belgilangan muddatlarda olib borishni ta’minlash;
7. Ijaraga olingan asbob-uskunalar, bino va boshqa moddiy qiymatli buyumlarining but holatda saqlanishini ta’minlash;
Umumiy ovqatlanishni tashkil etishda kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lgan barcha mulkchilik shaklidagi tashkilot va korxonalarni 2022-yil 27 sentyabrgacha o‘z takliflarini bildirishga taklif qilamiz.

Aloqa uchun: Azamat Abidov 
Tel.: +998 94 642 22 25