07.07.2021        3126

Yurtimizda mahalla qadimdan kuchli madaniyat o'chog'i, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarishining ta'sirchan organi, fuqarolik jamiyatining noyob instituti bo'lib kelgan. So'nggi yillarda mahalla va ta'lim muassasalarining uzviy hamkorligi samarali yo'lga qo'yilgan bo'lib bu bo'yicha qator amaliy ishlar davom etmoqda.

Xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqiy fanlar" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Beshkapa", "Ahmad Yugnakiy", "Bo'z" va "Traktorsozlar" mahalla fuqarolar yig’inlariga borib, joylarda aholi huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan O‘zbekistonda qabul qilinayotgan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yaqindan tanishtirish tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Ularda mahalla aholisiga qonunchilik normalarining va sud-huquq islohotlarining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Shu bilan birga, MFY binosida “Huquqiy targ‘ibot burchagi”ni tashkil etish bo'yicha zaruriy ko'rsatmalar berilishi barobarida, kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan mahallaga turli yuridik adabiyotlar ham taqdim etildi.