26.03.2021        3374

O‘z Vataniga muhabbat, mamlakatining konstitutsiyaviy me’yorlariga rioya qilish va boshqa millatlar urf-odatlari va madaniy merosiga hurmat – bular yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadlari sanaladi.

Bugungi vatanparvar yoshlarni tarbiyalash g‘oyasi ularni namunali xulq-atvor va o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega etib tayyorlashni nazarda tutadi. Yoshlar nafaqat o‘zlari va atrofdagilarga, balki butun mamlakatga foyda keltiradigan tashabbus ko‘rsatishga, o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishga va shaxs sifatida o‘sishga tayyor bo‘ladilar.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muzeylar, teatrlar, san’at maktablari, madaniyat uylari va boshqa shu kabi muassasalarning o‘rni katta. Joriy yilning 14-mart kuni “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 3-bosqich talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Oliy o‘quv yurtlari talabalarining jamoaviy tashriflarini tashkil etish to‘g‘risidagi bayoniga ko‘ra Qurolli Kuchlar davlat muzeyida bo‘ldilar.

Muzey xodimi talabalarni muzeyning yaratilish tarixi va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining shakllanish tarixi bilan tanishtirdi. Ekspozitsiyada namoyish etilgan eksponatlar o‘tmishdan hozirgi kungacha zaminimizda ishlatilgan qurol-yarog‘lar va uning mudofaasi tarixini o‘z ichiga oladi. Eksponatlar tarkibiga tosh va o'q uchlaridan tortib zamonaviy qurollargacha; o‘tgan asrlardagi artilleriya qurollari maketidan tortib zamonaviy harbiy texnikalargacha o‘rin olgan.

Ekskursiya yakunida muzey xodimi talabalarning savollariga javob berdi.