19.03.2021        3449

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, ularning oldini olish hamda salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari uchun “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi va oʻta muhim ishlar boʻyicha katta tezkor vakili Abduvohid Shukurov bilan davra suhbati oʻtkazildi. Mazkur uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan islom dinining faqat yaxshilikka undovchi mohiyati, din niqobi ostida turli ixtiloflarning asl sabablari koʻrib oʻtildi. Shuningdek, kelgusida yoshlar orasida terrorizm, ekstremizm va radikalizm kabi yot gʻoyalarga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.