12.03.2021        2593

 “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va suzish turlari boʻyicha JIDU Spartakiada musobaqalari oʻtkaziladi. Unda JIDU fakultetlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari, JIDU litseyi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) va JIDU professor-oʻqituvchilaridan iborat terma jamoalar ishtirok etadi.

Spartakiadaning ochilish marosimi 13-mart 14:30 da JIDU sport zalida boʻlib oʻtadi. Qurʼa tashlash natijasiga koʻra dastlabki oʻyin Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va JIDU professor-oʻqituvchilari terma jamoalari oʻrtasidagi futbol oʻyini bilan ochib beriladi. Barchangizni oʻyinlarda faol ishtirok etishga va sevimli jamoangizni qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz!