23.02.2021        3927

Ozod yurtning komil farzandi bilimli, yaxshi axloq, maʼnaviy yetuk bo`lishi bilan birga, mustaqillikni anglashi va bu qadriyatlarni himoya qilish ham kerak. Bugungi kunda yosh avlodning maʼnaviy kamoloti yo`lida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlar doirasida, joriy yilning 15-fevral kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining оliy taʼlim muassasalari talabalarining teatrlar, muzey va muzey-qoʼriqxonalar hamda kinoteatrlarga jamoaviy borishini tashkillashtirish bayoni yuzasidan JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Muqimiy nomidagi O`zbekiston Davlat musiqiy teatriga bordilar.

Spektakl tomoshasi talabalarda chinakam qiziqish uyg‘otdi, chunki unda, ajdodlar va zamondoshlarning eng dolzarb masalalaridan biri – oilani qurish, ayollar va erkaklarning o‘zaro munosabatlari, odob-axloq va madaniyat meʼyorlari va insonlarning bir-biriga nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirishdagi muammolar ko‘tarilgan. Umuman olganda, spektakl syujeti chuqur maʼrifiy bilim va tarbiyaviy jihatlarni o‘z ichiga olgan. Bu esa o‘z navbatida talabalarga yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li, maqsadi va vazifalarini anglashga ko‘mak berishiga umid qilamiz.