23.02.2021        4558

Tarixni o`rganish, tahlil qilish orqali inson o`zini ham yaxshi anglaydi, maʼnaviy jihatdan yetuk bo`lib ulg`ayadi. Аjdodlar tarixi, urf-odatini chuqur bilgan, o`tmishdan xulosa chiqara olgan kishigina ertangi kuniga ishonch bilan qadam tashlaydi. Shu maqsadda joriy yilning 13-fevral kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining oliy taʼlim muassasalari talabalarining teatrlar, muzey va muzey-qo`riqxonalar hamda kinoteatrlarga jamoaviy borishini tashkillashtirish bayoni yuzasidan JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari “O`zbekiston tarixi Davlat muzeyi”da bo`lishdi. Bu tashrifdan asosiy maqsad, talabalarni yurtimizning ko`hna tarixi bilan tanishtirish, ajdodlarimizning o`tgan asrlardagi turmush tarzini ifodalovchi arxeologik manbalarni ko`rsatish, baʼzi urf-odatlarimiz kelib chiqishi to`g`risida tasavvur hosil qilishdan iborat.

Muzeyda joylashgan 250 mingga yaqin eksponatlar O`zbekiston hududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrdan bugunga qadar rivojlanishi haqida maʼlumot berishi bilan talabalarni qiziqtirdi. Shuni taʼkidlash kerakki, muzeyning o`ziga xos jihati unda nafaqat tarix to`g`risida, balki hozirgi kunda davlatimizda yuz berayotgan o`zgarish va islohotlar haqida ham batafsil maʼlumotlar uchraydi. Bu esa talabalarga yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot yo`li, maqsad va vazifalarini chuqur anglashga ko`mak beradi.

Ekskursiya davomida yoshlar yurtimiz tarixi naqadar buyuk va salmoqli ekanligiga yana bir bor amin bo`ldilar.