20.01.2021        3675

2021-yil 18-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanga sadoqat – eng muqaddas burch” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbiri JIDU rektori K.H.Karimovning tabrik soʻzi bilan ochib berildi. Bugungi tinch va osoyishta, farovon hayotimiz mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinib kelinmoqda, mana shunday masʼuliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta boʻlayotgan oʻgʻlonlarimizni, shijoatli yoshlarimizni har qancha eʼzozlasak, ardoqlasak kam ekanligi taʼkidlandi. Bayramda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hodimlari, universitet faxriylari, professor-oʻqituvchilari, talabalar va mehmonlar ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi vakillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansamblining musiqiy va sahnaviy koʻrinishlari bayramga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

Shuningdek, xarbiy xizmatni oʻtab kelgan talabalarimizning jangovor koʻrgazmali chiqishlari, bayram tadbiriga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.

Bayram jarayonida namoyish etilgan, xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan noxush xolatlar va yurtimizdagi tinchlikni aks ettiruvchi film namoyishi, talabalarimiz qalbidagi shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamladi.