20.01.2021        3676

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4954-son Qarori hamda 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli OʻzR Prezidenti Farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Vazirlik xodimlari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba yoshlari oʻrtasida 2021-yil 16-yanvar kuni “Shaxmat” sport turlari boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Taʼkidlash joizki, bu musobakada nafaqat talaba yoshlar, balki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari, universitetimiz professor-oʻqituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi. Doʻstona ruhda oʻtgan musobaqaning ochilish marosimini OʻzR Tashqi ishlar vazirligi Kadrlar va taʼlim muassasalari boshqarmasi boshligʻi I.A.Xasanov va JIDU Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori L.Oʻ.Mingishovlar ochib berdilar.

Bellashuvlar yakunida musobaka ishtirokchilari oʻrtasida fahrli 1-oʻrinni T.Alixodjayev, 2-oʻrinni I.Xaitbayev, 3-oʻrinni F.Shermatov qoʻlga kiritdilar. Gʻoliblarga Tashqi ishlar vazirligi Kadrlar va taʼlim muassasalari boshqarmasi boshligʻi I.A.Xasanov tomonidan mukofot va diplomlar topshirildi. Ushbu musobaka jismoniy madaniyat va sport fani oʻqituvchilari  Sh. Dilmurodov, D. Raxmatov va Xalqaro iqtisodiyot va Menejment fakulteti talabalari - S. Xujakulov hamda X.Yarbekovlar tomonidan nazorat qilindi.