14.12.2020        7034

2020 yil 12-dekabr kuni Xalqaro munosabatlar fakultetida Zoom  platformasi orqali, "Ijodiy fikrlash va qobiliyatlar - axloqiy tarbiya asoslari" mavzusida navbatdagi murabbiyliik soati tashkil etildi.

2-kurs talabalari M.Bochorishvili va U.Shadmanova S.Madaminov belgilangan mavzu bo'yicha taqdimot qilib, o'z nutqlari davomida ishtirokchilarni ijtimoiy psixologiyani tadqiq etish sohasidagi qiziqarli fikrlari, yoshlarning ijodiy qobiliyatlari va salohiyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasidagi innovatsion yondashuvlar bilan tanishtirdilar.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari videofilm tayyorladilar, unda ijodiy fikrlash darajasini oshirish va rivojlantirish hamda o'zlarining kunlik rejimlari va bu rejimini qanday tashkil etish bo'yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Murabbiy I.A. Uvraimov talabalarning nutqlarini qo'shimcha ma'lumotlar bilan to'ldirib, madaniyat va ma’rifat, san’at jamiyatning bebaho boyliklari, inson tafakkurining buyuk kashfiyotlari ekanligiga alohida e'tibor qaratdi. Zero, milliy urf-odatlarimiz, xalq og'zaki ijodimiz va umuman olganda xalqning san'ati va madaniyati har bir fuqaroning yanada rivojlanishi va axloqiy o'sishi uchun sharoit yaratishi va bu ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishiga alohida e’tibor qaratdi.

Murabbiyliik soati doirasida muhokama uchun tavsiya etilgan mavzularda ko'tarilgan masalalar bo'yicha fikr-mulohazalar almashildi. Bundan tashqari, talaba S.Madaminov masofaviy o'qitishning zamonaviy sharoitlarida professor-o'qituvchilar tarkibi va talaba yoshlarning o'zaro aloqalarini optimallashtirishga oid bir qator masalalar bo'yicha ham so'z yuritdi.

Murabbiyliik soati davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan boshqa tashkiliy masalalarni muhokama qilishdi.

Xalqaro munosabatlar fakulteti