11.12.2020        6183

Joriy yilning 7-9 dekabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”  2020 yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 11 noyabrdagi 575-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Sport – salomatlik garovi”  shiori ostida universitetimizning talaba yoshlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqani universitet  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori  L.O‘.Mingashev  ochib berdilar.  Musobaqada universitet talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirok etishdi hamda musobaqa qiziqarli va murosasiz o‘tgan holda faxrli 1-o‘rinni Xalqaro huquq fakulteti talabasi Tilavov Saloxidin  egalladi; 2-o‘rinni Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Farxodov Shoxruz egalladi; 3-o‘rin Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Murodov Sa’dulla egalladilar. Musobaqa bayramona kayfiyatda o‘tdi. Gʻoliblar diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Musobaqa Jismoniy madaniyat va sport fani o‘qituvchilari  Sh.Dilmurodov va D.Raxmatov  tomonidan nazorat qilindi.