05.12.2020        3393

Joriy yilning 4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori L.O‘.Mingishev, Mirzo Ulug‘bek tumani IIOMFB 6-sonli IIB boshlig‘i, podpolkovnik B.U.Tadjimatov, bo‘lim kata profilaktika inspektori, podpolkovnik R.T.Turg‘unov hamda universitet talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba yigit-qizlar ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuv avvalida  prorektor L. Mingishev so‘z olib, jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi bo‘lib kelganligi, inson tinch va xotirjam yashashni xohlashi va tinchlik bo‘lgan joyda rivojlanish bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot davomida podpolkovnik B.Tadjimatov tomonidan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish va ular orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida talabalar yoshlarga ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, talabalar bilan savol javob va bahs-munozara o‘tkazildi hamda ular tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.