01.12.2020        6956

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Abdulla Qodiriy (1894 - 1938) hayoti va ijodiga bag'ishlangan adabiy kecha bo'lib o'tdi.

A. Qodiriy o'zbek romanining asoschisi, "O'tgan kunlar" (1925), "Mehrobdan chayon" (1929), "Obid-Ketmon" hikoyasi va boshqa mashxo’r asarlarning muallifi. Ushbu uchrashuvning barcha ishtirokchilari Abdulla Qodiriy adabiy ijodining ahamiyati, Qodiriy fenomeni yozuvchi sifatida, hamda o'zining e'tiqodi va xalqiga sodiqligi uchun avtoritar tuzumning repressiyasidan aziyat chekkan tarixiy shaxs sifatida so'zladilar. Abdulla Qodiriy 1957 yilda oqlandi. 1990 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi.1994 yilda u vafotidan keyin "Mustaqillik" ordeni bilan taqdirlandi.

Tadbirda JIDU talabalari, o'qituvchilar, olimlar, ijodkor shahslar, xususan, A. Qadiriyning nabirasi X.Qodiriy, A.Qodiriy memorial muzeyi va Uy-muzeyi xodimlari ishtirok etishdi. Yoshlar va mutaxassislar, olimlar o'rtasidagi muloqot onlayn formatda o'tkazildi, taniqli o'zbek yozuvchisi ijodi to'g'risida o'z fikrlarini bildirishni istagan har bir kishi bunga ulanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ushbu adabiy kechani moderator sifatida JIDU Xalqaro munosadatlar fakulteti dekan muovini Sayyora Tillaxodjaeva olib bordi. U o'z chiqishida yoshlar uchun A. Qodiriyning adabiy merosini chuqur o'rganish muhimligini, hamda u yozuvchining asarlarida 19-asr oxiri - 20-asr boshlaridagi o'zbek xalqining hayoti aks ettirganligini ta'kidladi.

JIDUning yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori Laziz O’tkirovich Mingishov o'z nutqida tadbirning ahamiyati va ushbu muzeylar jamoalari bilan ijodiy hamkorlikni davom ettirish, talabalar uchun yangi noyob materiallar va eksponatlar bilan tanishish uchun ekskursiyalar tashkil etish zarurligini ta'kidladi.

Adabiy kecha davomida JIDU talabalari Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romani asosida teatrlashtirilgan tomoshani namoyish etdilar. Talabalar M. Isroilova, A. Giesov, M. Xasanova, O. Abdurahmonova, N. Saidov, M. Ilmidinov,
Sh. Jumaniyozovlar ushbu romandan kichik syujetni namoyish etish orqali tinglovchilarga yozuvchining asosiy g'oyasini etkazishga harakat qilishdi.

JIDU Axborot-resurs markazining media-markazida kitob ixlosmandlari, olimlar, mutaxassislar, Qodiriy ijodini o'rganuvchilarning ijodiy kechasi bo'lib o'tdi va bu yerda buyuk o'zbek yozuvchisi, dramaturg, publitsist Abdulla Qodiriyning adabiy asarlari ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

Fotima Mo'minova,
JIDU professori, nashriyot muharriri.