20.10.2020        3661

Barchamizga ma’lumki, 1989 yil 21 oktyabrda – O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g’risida"gi qonuni qabul qilingan sana hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining yuksak e’tibori va o‘zbek xalqining ma'naviy qadriyatlarini tiklash borasidagi jiddiy sa'y-harakatlari ushbu me'yoriy hujjat, davlat tilini targ'ib etish, uni chuqur o’rganish va rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdiki, so'nggi yillarda bu qonun doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 17 oktyabr kuni, Xalqaro munosabatlar fakultetida "Davlat tili kuni"ga bagishlangan navbatdagi murabbiylik soati bo‘lib o‘tdi.

Unda talabalar, o‘zbek tilining tarixi va rivojlanishi bilan bog'liq mavzularda taqdimotlar qildilar. Jumladan, talaba Aziz Radjabov o’zining "O‘zbek tilining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi" nomli taqdimotida, o‘zbek tili-o‘zbek xalqi madaniyatining ajralmas qismi sifatida kelib chiqishi va shakllanishining asosiy bosqichlari haqida taqdimot qildi. Shuningdek, talaba Oksana Frolova, sof o‘zbek tilida “Zamonaviy o‘zbek tili” mavzusida taqdimot qilib berdi. Murabbiylik soati davomida ushbu masala yuzasidan fikrlar almashildi.

"Xalqimizning taqdiri, ertangi kuniga g'amxo‘rlik qilib, avvalo, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, san'atimiz, adabiyotimiz va albatta, ona tilimizni ko‘z qorachig'idek asrashimiz kerak. Bir so‘z bilan aytganda biz, davlat tiliga bo‘lgan munosabatimizni, mustaqilligimizga, Vatanga sadoqat va hurmat sifatida qarashimiz kerak. Bu bizning hayotimizning qoidasi bo'lishi kerak. Va har birimiz bu ezgu ishni o‘zimiz, oilamiz va jamoamiz bilan boshlashimiz kerak"-deydi davlatimiz rahbari.

Navoiy tilini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e‘tibor, uning dunyoda tutgan o‘rni va nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek tiliga bo‘lgan katta qiziqish, mamlakatimiz buyukligidan dalolatdir. Ko‘pgina xorijiy oliy o‘quv yurtlarida maxsus bo‘limlar tashkil etilib, xorijiy talabalar nafaqat o‘zbek tili, balki mamlakatimiz tarixi va uning qadriyatlarini o‘rganmoqdalar.

S.Tillaxodjayeva,
XM fakulteti dekan muovini