08.05.2020        17967

Insonga xar kuni tinchlik osoyishtalik va xotirjamlik kerak.

Tinchligini yoʻqotgan xonadon ham mamlakat ham aslo xotirjam boʻla olmaydi.  

Tinchlik va xotirjamlik taraqqiyot garovidir.

Xalqimiz azal-azaldan oʻlkamizni bosqinchilardan himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi uchun kurashib kelgan va kaxramonlarini xotirlab kelmoqda. Xalq xotirasi deganda nafaqat ikkinchi jahon urushi qatnashchilari balki Vatan ibtidosidan bugungi kunga qadar shu yurt, shu xalq, shu millat ravnaqi uchun kurashgan, kuch-qudrati, bilim boyliklari va jonini fido qilgan ne-ne buyuk zotlar koʻz oʻngimizdan oʻtadi. Spitamen, Shiroqdan Turkon Xotun, Mahmud Tarobiygacha, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulugʻbekdan Zahiriddin Muhammad Boburgacha, Jaloliddin Manguberdi - Najmiddin Kubrogacha, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Erkin Voxidovgacha yodga tushaveradi.

Insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu beshavqat jangu jadalda qahramonlarcha halok boʻlganlar xotirasini aslo unutmaydi. Lekin afsuski xozirgi kunga kelib oramizda urush qatnashchilari, front orti faxriylari deyarlik qolmadi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻtganlarni xotirlash, safimizda qolgan fahriylarni esa qadriga yetishimiz bizning muqaddas burchimizdir, zero ular biz uchun tirik tarix timsolidir.

Bu kunda biz, ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlarni, Afgʻoniston urushi qatnashchilarini, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarni va xuquqni muxofaza qilish organlari xodimlari xotirasi va umuman barcha oʻtganlar ruhini yodga olamiz.

Dahshatli urushda halok boʻlgan otajonini koʻrmagan, unga, loaqal, bir bora boʻlsin: “Dadajon!” – deb murojaat qila olmay yashayotganlar – qancha. Bugun biz, sevimli adibimiz, dramaturg, davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston qaxramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Voxidovning“Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan “NIDO” nomli bagʻishlovini sizlarning eʼtiboringizga xavola etmoqchimiz.

Inson bor ekan, xotira muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab avaylash, qadriga yetishi uchun xam urushni, uning qaxramonlarini, gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan hech bir kishini xotirasidan oʻchirib tashlamaydi, zero xotira hamisha muqaddasdir.

S.Tillaxodjayeva.