26.10.2018 8812

2018 yil 26 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari va professor-o'qituvchilarining Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi axborot va matbuot departamenti direktori-M.V.Zaxarova bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

M.V.Zaxarova Toshketga “Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi 2018-2019 yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturi”ga muvofiq tashqi ishlar vazirliklarining tashqi siyosatni axborot bilan ta`minlash va OAV bilan ishlash masalalari bo`yicha maslahatlashuvining navbatdagi raundiga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasiga rahbar sifatida keldi.

JIDU da Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasini universitetning Birinchi prorektori M.T.Bakoev kutib olib, mehmonlarni JIDUning yangi Axborot-resurs markazi bilan tanishtirdi.