18.10.2018 8637

Joriy yilning 17-oktabr kuni universitetda Jahon Bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi boshlig'i Xideki Mori bilan talabalar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv kecha nishonlangan xalqaro dunyoda qashshoqlikni tugatish kuniga bag'ishlandi.

Uchrashuv davomida janob Mori Jahon banki Guruhining kambag'allikni yo'qotish va dunyoda iqtisodiy farovonlikka erishishga qaratilgan faoliyati, hamda O'zbekiston Hukumatiga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishda ko'maklashishi haqida so'zlab berdi. Ushbu maqsadlar uchun yurtimizda hozirgi paytda makroiqtisodiy islohotlarni, qishloq xo'jaligi , ta'lim, tibbiyot, suv ta'minoti, energetika, transport va shahar xo'jaligi rivojlanishini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan, umumiy hajmi 3,3 mlrd AQSh dollariga teng 18 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Janob Mori audiotoriyada so'ralgan  ko'p sonli savollarga javob berdi, hamda muhokamada eng faol ishtirok etgan talabalarni esda qolarli sovg'alar bilan taqdirladi