30.11.2022 481

Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiy universitetlar ittifoqining VI Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Vengriyadan 50 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, olimlar va talabalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, diplomatlar, ekspertlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirok etdi.

Assambleya Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Omer Kosaman, Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti Muxtor Kengashi Raisi Prof.Dr.Muhittin Shimshek, Universitet rektori Janar Temirbekova va rektor o‘rinbosari Prof.Dr. Jengiz Tomar kabi vakillarning tabrik so‘zlari bilan boshlandi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjonning bir qancha universitetlari bilan kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida raislik Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetiga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy tilli universitetlar ittifoqi 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda Ittifoqqa Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Vengriyadan 40 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari a’zo hisoblanadi.